У нас есть только
оригинальные песни

Har beshinchi amerikalik kreditlarini qaytarmasdan vafot etadi

calendar 11.12.2015
1263

Amerika fuqarolarining har beshinchisi bo'ynidagi qarzlari bilan vafot etadi. Bu haqda MarketWatch portali CreditCards.com tadqiqotlar portali va Employee Benefit Research Institute tadqiqotlar tashkiloti ma'lumotiga asoslanib xabar qildi.

Tadqiqotlar natijasiga ko'ra, 21 foizdan ko'proq amerikaliklar barcha kreditlari, jumladan, avtokreditlar, kretid kartalari, talabalik kartalari va boshqa qarzlarini butun umri davomida to'lay olmasligini tan olgan. Mazkur ko'rsatkich bir yil ichida 3 foizga oshgan. Tadqiqotda muntazam ravishda ming nafar amerikalik ishtirok etadi.

Employee Benefit Research Institute tashkilotining qayd etishicha, 13 foiz mehnat bilan band amerikaliklar qarzlari to'g'risida “jiddiy muammolari” borligini ma'lum qilgan bo'lsa, 9 foizi kreditlarini qaytarmasdan turib nafaqaga chiqqan. “Uncha katta bo'lmagan muammolar” haqida esa 38 foiz ish bilan band fuqarolar shikoyat qilgan bo'lsa, xuddi shunday muammo bilan 22 foizi nafaqaga yo'l olgan.

Яндекс.Метрика