У нас есть только
оригинальные песни

Har qanday holatda ham 29 nafar rossiyalik futbol muxlisi Fransiyadan deportatsiya qilinadi

calendar 14.06.2016
1416

Umumrossiya muxlislar uyushmasi rahbari Aleksandr Shpriginning ma’lum qilishicha, Fransiya politsiyasi tomonidan o‘rab olingan, ichida 50 nafar rossiyalik futbol muxlisi to‘plangan avtobusga hujum qilmaslik haqida buyruq berildi. Avtobus ichida mamlakatni tark etishi kerak bo‘lgan 29 kishidan iborat guruhning bir qismi o‘tiribdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“Hujum qilinmaydi, maxsus kiyimlar yechildi. Rossiya Federatsiyasi konsulini kutyapmiz. Juda issiq! Aytishlaricha, har qanday holatda ham Fransiyani 29 kishi tark etadi. Qaror ustidan shikoyat qilsa bo‘larkan, lekin keyinroq!”, – deb yozdi Shprigin Twitter’dagi sahifasida.

Rossiyalik futbol muxlislarining Fransiyadan deportatsiya qilinishi Marsel shahrida yuz bergan tartibsizliklar bilan bog‘liq.

Яндекс.Метрика