У нас есть только
оригинальные песни

Har qanday maqsadga erishishning sodda yo'riqnomasi

calendar 01.09.2018
1011

Sizga kerak bo'lgan narsa bu – yaxshi reja va botirlik. Boshlashdan avval nima haqida bilish kerak?

1. Shunday narsalar bo'ladiki, ularga erishish imkonsiz. Rok-yulduzga aylanish, taniqli futbolchiga turmushga chiqish, tunda aynan o'sha muzqaymoqni yeyish uchun butun shaharni kezib chiqish -  bularning barini haqiqiy hayotda boshdan kechirishdan ko'ra tasavvur etish ancha yoqimli.

2. Ba`zida esa istaklar aslida sizniki bo'lmaydi. Masalan, otangiz siz bilan faxrlanishi uchun muvaffaqiyatli advokat bo'lishni istaysiz.

3. Maqsadga erishish siz kutgan qoniqishni ta`minlamaydi. U amalga oshgach, siz orzu qilgan darajadagi xursandchilikni his etmaysiz. Baxt miqdori va davomiyligi bo'yicha tasavvurlarni bo'rttirishga moyilmiz.

O'z maqsadingiz sari kurashga kirishishdan avval bu haqida o'ylang. Aks holda bir necha yil yoki hayotning yarmini besamar o'tkazishingiz mumkin.

Maqsadlarga qanday erishish mumkin?

Aslida nimani istashingizni aniqlang

Ba`zida aslida nima istashimizni bilmaymiz. Xohishlarimizning ko'pchiligi norozilik sabab tug'iladi va quyidagicha bo'ladi: «Nima istashimni bilmayman, biroq aniq buni emas».

Siz haqiqatan ham o'zingiz uchun ishlashni xohlaysizmi yoki bor-yo'g'i ishingizdan charchadingizmi?

Nima istashingizni aniq biling. Xohlagan narsangizga erishgan holatingizni batafsil tasavvur eting. Nafaqat ijobiy, balki salbiy jihatlarini baholang. Ular doim mavjud. Bunda nimani his qilyapsiz?

Bir-biriga zid istaklarni chiqarib tashlang

«Chiroyli formada bo'lishni istayman. Sport bilan shug'ullanishni yoqtirmayman».

Barcha teskari istaklar qulaylik zonasidan chiqishni istamaslikka bog'liq: mashqlar, yangi ish yoki xobbi.

Maqsadga erishish uchun nima qilish kerakligini o'ylab ko'ring. Buni bajarmaslik mavjud emasligini ham tekshiring.

Siz intilayotgan narsaga o'zgalar qanday erishganini o'rganing

Ilgari hech kim uddalay olmagan narsaga erishishni istamasangiz kerak. O'z maqsadlaringizga erishish uchun o'zgalarning tajribasidan foydalaning. Buni allaqachon bajargan odamlarni internetdan toping: marafonni yugurib o'tgan, katta pul ishlab topgan, istalgan sport turi bo'yicha musobaqada g'olib bo'lgan yoki uchta tilni o'rgangan kishilar.

Agar biror kishi avtobiografiya yoki maslahatlar berilgan kitob yozgan bo'lsa, undan foydalaning. Yoki bevosita maslahat olish uchun uning o'zi bilan bog'laning.

Yaxshi reja tuzing

Sizga berilgan maslahatlardan oddiy reja tuzing. Tasavvur qiling, xuddi hech narsadan qo'rqmay va iroda kuchi bilan istagingizga erishdingiz.

Endi esa ongingizning qo'rqoq qismi bu rejani o'zgartirayotganini kuzating.

Agar dastlabki rejani o'zgartirishga harakat qilsangiz, unda noqulay holatlar umuman bo'lmasligiga urinsangiz, qiyinchiliklardan qochish hissi g'olib bo'lishga harakat qiladi. Rejangiz dastlabkisidan uzoqlashgani sayin maqsadga erishish imkoniyati kamayadi.

Zarur bo'lsa, rejaga o'zgarishlar kiriting

Demak, sizda reja bor. Unga muvofiq tarzda harakat qilishni boshladingiz. Agar rivojlanayotgan bo'lsangiz, harakatni davom ettiring. Agar yo'q bo'lsa, o'zingizga to'rt savol bering:

Rejaga amal qilyapmanmi? Agar «yo'q» deb javob bersangiz, unga amal qilishni boshlang.

Rejaning o'zgartirilishi kerak bo'lgan qismi bormi? Agar bor bo'lsa, o'zgartiring.

Endilikda men bilgan barcha narsalarni hisobga olsak, menga boshqa reja kerakmi? Agar shunday bo'lsa, joriy vaziyatga mos keladigan taktikani ishlab chiqing.

Men maqsadimga erishish mumkin deb hisoblaymanmi? U menga kerakmi? Agar «ha» bo'lsa, uni tashlab, boshqa mashg'ulot bilan shug'ullaning.

 

Яндекс.Метрика