У нас есть только
оригинальные песни

Har qanday qiyinchilikni yengib o'tishda qo'l keladigan 3 maslahat

calendar 01.09.2018
837

Agar biror yomon narsa sodir bo'lsa, odam o'z xavotiridan yashirinib, bari o'z joyiga kelishini kutadi. Bu ko'proq baxt va kamroq og'riqqa erishish yo'lidagi normal reaksiya. Biroq agar salbiy tuyg'ular uzoq davom etsa, ulardan berkinishga harakat qilib, yashamay qo'yamiz.

Yomon vaqt o'tib ketishini bombadan qochish joyida kutib o'tirmaslik uchun undan maksimal darajada foyda olish lozim.

1. Salbiy holatni o'sish imkoniyati sifatida qabul qiling

Har qanday salbiy xavotir to'g'ri qabul qilinsa, sizni ko'p narsaga o'rgatishi mumkin. Ishdan ketish sizga ko'proq mos keladigan kasbni tanlashda turtki bo'ladi. Yaqin inson bilan ajrashish yangi sifatli munosabatlarga o'rin bo'shatadi.

Kasallik ko'p narsalarni noto'g'ri qilayotganingizni aytadi. Ish bilan bandsiz, salomatligingizga e`tibor bermayapsiz, oilangiz va o'zingizga vaqt ajratmayapsiz, juda ko'p xavotirga tushyapsiz. Ko'pincha kasalliklar odamlarda o'z nuqtai-nazarlarini o'zgartiradi, ular o'zlari haqida g'amxo'rlik qilib, vaqtlarini ko'proq yaqinlari bilan o'tkazishni boshlaydilar.

Har qanday yoqimsiz holat – sizning o'qituvchingiz. Biroq saboqni tushunish uchun unga ochiqlik bilan munosabatda bo'lishingiz lozim.

2. Yashirinmang, hayotingizni to'laqonli yashang

Tushkunlikdan qochish istagida odamlar ma`nisiz mashg'ulotlar ortiga yashirinadilar: spirtli ichimliklar ichadilar, ortiqcha ovqat yeydilar, televizor ko'radilar, internet va ijtimoiy tarmoqlarga «yopishib» qoladilar, kompyuter o'yinlarini o'ynaydilar. Ya`ni muammolari haqida o'ylab, og'riqni his etmaslik yo'lida barcha narsalarni qilib ko'rishadi.

Bunday strategiya vaqtinchalik yordam beradi. Tuyg'ular hech qayerga yo'qolmaydi: ichishning ertasi kuni, yeyilgan bir chelak muzqaymoqdan keyin ular yangi kuch bilan  paydo bo'ladi.

His-tuyg'ulardan yashirinish kerak emas. Aksincha, ularga ochiq bo'ling va to'laqonli yashang. Ular sizni o'ldirmaydi, aksincha, davolaydi.

O'z holatimizga qancha ko'p e`tibor bersak, shunchalik ko'p og'riqni his etadigandek tuyuladi. Biroq tadqiqotlar bunday emasligini ko'rsatdi. Anglanganlik meditatsiyasiga amal qiladigan kishilar tajribaning boshqa ishtirokchilariga qaraganda og'riqdan 44 foizga kam aziyat chekishgan.

O'z holatingizga diqqatingizni qarating. Tashqi holatlarga emas, ichingizda yuz berayotgan tuyg'ularga. Nimani his qilyapsiz: qo'rquv, xavotir, umidsizlik, tushkunlik. Bu hayajon ustida ishlang, uni to'laqonli yashang, turli jihatlarni his eting. Tasavvur qiling, o'z holatingizni biror mayda detalini ko'zdan qochirmay batafsil tasvirlashingiz kerak.

3. Tajribangizni seving

Salbiy holatdan yashirinishni bas qilganingizda, his-tuyg'ularingizni ochib, undan saboq chiqardingiz. Keyingi qadam – bu tajribani sevish.

Og'riq, tushkunlikka to'lgan har bir lahza bir vaqtning o'zida go'zallikka ham boy. Sizni xafa qilayotgan odam bir vaqtning o'zida sizga qimmatli dars bermoqda. Tajribangizning har bir lahzasi va ularni berayotgan har bir odamni yoqtirib qoling.

Yomon davr kelganida unga o'sish imkoniyati kabi munosabatda bo'lib xursand bo'ling, uni yaxshiroq bo'lishga taklif sifatida qabul qiling.

Yoqimsiz holat tugaganida avvalgiga qaraganda kuchliroq va aqlliroq odamga aylanasiz.

Яндекс.Метрика