У нас есть только
оригинальные песни

Harbiylar 2017 yildayoq "ko'rinmas plashlar" bilan ta`minlanishi mumkin

calendar 22.09.2016
3760

Tank, samolyot va harbiy kemalarni radioelektron kurash vositalaridan himoyalash uchun mo'ljallangan "ko'rinmas plashlar" sinovlardan o'tmoqda, deb ma`lum qildi "Roselektronika" holdingi rahbari Igor Kozlovga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" ahborot agentligi. 
Kozlovning aytishicha, "Roselektronika" holdingida 2017 yilda yangi ishlanmaning sinovlari yakunlanib, mudofaa vazirligiga Yetkazila boshlanadi.
Kozlovning ta`kidlashicha, bu vosita qurol va harbiy tehnikaning istalgan tizimlarini radioelektron kurash vositalari ta`siridan himoyalashga imkon beradi. Shuningdek, u qurol va harbiy tehnikaning bir joyda turgan hamda harakatlanayotgan tizimlarini yashirishga imkon beradi. 
Kozlovning tushuntirishicha, "ko'rinmas plash" u yoki bu ob`Yektning radioelektron vositalar tomonidan aniqlanishini o'ta murakkablashtiradi. Plash matosining tolalari shunday to'qilganki, radioelektron vosita tank kabi ob`Yektni taniy olmaydi. U tankni akslanish ob`Yekti sifatida aniqlaydi, biroq qanday ob`Yekt ekanligini bila olmaydi.

Яндекс.Метрика