У нас есть только
оригинальные песни

Harrison Ford tarixdagi eng kassabop aktyor deb topildi

calendar 10.01.2016
1397

Hollivud faxriysi Harrison Ford Box Office Mojo portalining yulduzlar ishtirokidagi filmlarning kassa yig'imlari ko'rsatkichlariga asoslangan statistikasida birinchi o'ringa ko'tarildi.
“Yulduzli janglar” franshizasining yangi qismi ko'rsatayotgan moliyaviy muvaffaqiyat tufayli Ford ishtirokidagi filmlarning umumiy kassa yig'imlari 4.7 mlrd dollarga ko'tarildi. Shu tariqa, u reytingning eski etakchisi Semuel L. Jeksondan o'zib ketdi.
Еtakchilar ro'yxatida, shuningdek, Tom Xenks, Morgan Friman, Eddi Myorfi va boshqa bir qator yulduzlar bor. Kuchli yigirmatalikda faqat bitta ayol bor – Kemeron Dias (3.03 mlrd dollar).
“Yulduzli janglar” sagasi yaratuvchisi Jorj Lukas eng kassabop stsenariynavislar ro'yxatida birinchi o'rinda ketmoqda. Saga bastakori Jon Uilyams esa eng xaridorgir musiqachilar reytingida ikkinchi o'rinda turibdi.
1.6 mlrd dollar ishlagan “Yulduzli janglar: Kuchning uyg'onishi” filmi eng kassabop filmlar ro'yxatida to'rtinchi o'rindadir.

Яндекс.Метрика