«Hatto Messi ham bunday darajada o'ynay olmaydi»

Italiya terma jamoasi va «PSJ» yaimhimoyachisi Marko Verratti JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi Ispaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda «Real» xavbeki Iskoga qarshi o'yini haqida gapirib berdi.

«Iskoga qarshi o'ynab juda ko'p jabrlandim. Uning o'yini meni hayratga soldi. Hattoki Messi ham bunday o'yin darajasining yaqiniga ham kela olmaydi», – deya Verrattining so'zlarini keltiradi Football Italia.

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura ham o'yindan keyin Iskoning o'yiniga baho berib o'tdi.

«Iskoning Verratti oyoqlari orasidan to'pni olib o'tishini ko'rib, o'rnimdan turib qarsak chalib yuborgim keldi», – deya tan olgan mutaxassis.


Комментарии (1) | Добавить: 03.09.2017
1. RealRAMOS (05.09.2017 06:23)
Isco is MADRIDISTA
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]