“Hatto Ulug‘bek Qodirov va Alisher Uzoqovga ham selfiga tushish taqiqlandi”. “Islomxo‘ja” filmi rejissori filmning fotolari tarqatilmaganiga

“O‘zbekkino” buyurtmasi bilan rejissor Jahongir Ahmedov “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy badiiy-publisistik janrdagi filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlikni boshlagani, film uchun katta fotosinov ishlari bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumotlar berilgan edi.

Rejissor Jahongir Ahmedovning jurnalist Feruz Muhammadga bergan ma’lumotlariga qaraganda, filmning suratga olish ishlari nihoyasiga yetib, montaj jarayonlari ham yakunlangan. “Islomxo‘ja” ayni vaqtda ovozlashtirish jarayonida.

Rejissor Jahongir Ahmedov filmning suratga olish jarayonlarida aktyor va aktrisalarga suratga olish jarayonidan birorta ham foto yoki video lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishga ruxsat bermaganiga oydinlik kiritdi. Rejissor bu haqda jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida gapirib berdi.

Jahongir Ahmedov, “Islomxo‘ja” filmi rejissori: Odatdagi suratga olish jarayonlarida shu darajada ko‘p rasm va video lavhalar joylardikki, u rasm va video lavhalarni bir-biriga ulab chiqsa bitta film tayyor bo‘lar edi. Natijada tomoshabinlarning o‘sha filmga qiziqishi qolmaydi. Bu tarixiy janrda suratga olinayotgan film bo‘lgani bois, aktyor va aktrisalarning ko‘rinishi 100 foiz o‘zgaradi, aktyorlarning o‘zgargan qiyofasini filmda ko‘rishlarini xohlaganimiz uchun ham ijtimoiy tarmoqlarga birorta surat joylashtirmadik.

Kerak bo‘lsa Alisher Uzoqov, Ulug‘bek Qodirov singari bosh rol ijrochilariga  ham selfiga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga foto lavhalarni joylashtirgani ruxsat bermadik. Ochig‘i filmda asosiy rollarni ijro etayotgan aktyor-aktrisalar va ulardan tashqari 600 ga yaqin jamoa ham bu fikrimizni tog‘ri tushunib harakat qilishdi. Aks holda biz hech kimni nazorat qila olmas edik, xohlagan odam xohlaganicha videoga olib joylaylashi mumkin edi.

Tassavvur qiling, Asfandiyorxon, Islomxo‘ja bilan bugungi kunda odamning ensasini qotiradigan qiliqlar qilib selfiga tushib, uni o‘zining sahifasidada joylasa Islomxo‘janing yoki Asfandiyorxonning hurmati qayerda qoladi. Biz avvalo tarixiy shaxslarimizning ruhini hurmat qilib, ish jarayonlarida ortiqcha va ikkinchi darajali ishlarga chalg‘imaslik uchun ham bir muddat hech qayerga, hech qanday ma’lumot bermadik.

“Islomxo‘ja” tarixiy, badiiy-publisistik filmining Xiva shahridagi suratga olish ishlarida asosiy aktyor aktrisalar soni o‘ttizdan ortiq bo‘ldi. Ommaviy sahnalarda esa 400-500 dan ortiq odamlar rol ijro etdi. Bundan tashqari ijodiy guruhimizda ham ellikdan ortiq odam bor edi.

Xiva shahrida ommaviy sahnalarni suratga olish uchun 12 kun, asosiy aktyorlar bilan bog‘liq epizodlar 15 kun mobaynida suratga olindi. Xivadagi 27 kunlik suratga olish jarayonlaridan so‘ng, Sankt-Peterburg shahrida bir haftalik suratga olish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari Toshkent shahrida film uchun maxsus sakkizta dekoratsiya qurilgan edi, mazkur dekoratsiyadagi suratga olish ishlari 15 kun davomida bo‘lib o‘tdi.

 


Комментарии (0) | Добавить: 10.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Oliy va o'rta-maxsus ta`lim vaziri abituriyentlarga maslahat berdi
Diana Yagofarova 10 yillik sukunatdan so'ng o'g'illari bilan jurnalda chiqish qildi
Bir yillik tonirovka uchun bir yil ishlab pul topish kerak-mi?
Neymar ko‘p yiqilishi sababini aytdi
Instagram’da yangi funksiya paydo bo'ldi
O‘zbekiston narxlarni barqarorlashtirish uchun xorijdan salkam 30 ming tonna guruch sotib oladi
Muhammad Saloh yelkasidan olgan jarohatidan butkul qutuldi
O'zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko'p murojaat qildi?
Ilmiy ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratiladi
«Android» o‘rnini «Fuchsia» egallaydi: farqi nimada?
O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish boshlanadi
Lionel Messi «Barselona»ga yangi o‘yinchi topdi
Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma`lum qilindi
“Liverpul” rekord mablag‘ evaziga Alisson Bekerni sotib oldi
«Uzcard»da xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish funksiyasi ishga tushdi
Buklanadigan ekranli ilk smartfon qachon chiqishi aniq bo'ldi
Mahkumlar hali ozodlikka chiqmasdan mehnat daftarchasi ochilib, ish bilan ta`minlanadi
Andijonda poyezd temir yo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib ketdi
Yagona portalda STIR guvohnomasini berish xizmati ishga tushdi
O‘zbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi
Xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni O'zbekistonga olib kirish uchun boj to'lovi o'zgardi
O‘zbekistonda jamoat transportida videoregistrator majburiy tartibda o‘rnatiladi
O'zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi
Shahrisabz shahrida 1000 kishilik amfiteatr o'rnatiladi
GM Uzbekistan mahalliylashtiriladigan butlovchi qismlar sinov laboratoriyasini ishga tushirdi
O‘zbekiston termasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati ma’lum, unda Hasanboy Do‘stmatov ham bor
Eden Azar “Real” bilan kelishuvga erishdi
Farzandi o'qituvchi bo'lishni istaydiganlar soni 3 foiz. Yig'ilishda bu vaziyat keskin tanqid qilindi
Jazirama kunlarda talab ortadigan mors ichimligi qanday tayyorlanadi?
Zaruratsiz ko'chaga chiqmang: O'zbekiston hududida anomal issiq va quruq havo kutilmoqda