У нас есть только
оригинальные песни

Hatto urush ta’sir qilmaydi. Sayyoramizdagi eng muhim joyni bilasizmi?

calendar 17.01.2018
2153

Atrofimizni o‘rab turgan go‘zal maskanlardan tashqari sayyoramizda juda muhim bo‘lgan joy ham borligini tasavvur qilib ko‘rmaganmiz. Bu joyning nomi Shpitsbergendagi Butunjahon urug‘ saqlanuvchi ombori.

U Norvegiyada, 120 metr chuqurlikda va 130 metr balandlikda joylashgan. Mazkur ombor dunyo bo‘yicha barcha qishloq xo‘jaligi ekinlarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan. Iqlim o‘zgargan holda ham va hatto asteroidlar tushganda ham bu urug‘lar saqlanib qoladi.

Taxminlarga ko‘ra, ko‘plab zaxiralar tashqi sharoitlardan qat’i nazar, yuz, hatto ming yillar davomida saqlanishi mumkin.

Ombor 4,5 million turdagi urug‘ni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir mamlakat o‘simliklar bankida o‘zining shaxsiy bo‘lmasiga ega, hatto urush bo‘layotgan mamlakatlar ham. U yopiq xona va portlashga qarshi eshiklar bilan jihozlangan. Sovutgich uskunalari urug‘ namunalarining xavfsizligini ta’minlaydi va agarki, uskunalar muvaffaqiyatsiz bo‘lsa-da, xona harorati bir necha hafta mobaynida +3 darajadan dan oshmaydi.

Shuningdek, omborga noqonuniy tarzda o‘simliklar kiritilmaydi.

Яндекс.Метрика