У нас есть только
оригинальные песни

Havoni tabiiy yo'l bilan tozalovchi eng yaxshi 10 o'simlik

calendar 23.04.2017
1431

Havo gaz va korxonalarning zararli chiqindilardan tabiatning shamol, yomg'ir, qor kabi tabiiy jarayonlari hisobiga tozalanadi. Yopiq inshootlarda bunday "tozalash tizimi" ko'zda tutilmagan, shu bois bino ichidagi havo tashqaridagidan iflosroq bo'lishi mumkin. Yopiq inshootlarda changdan tashqari, mebel, qurilish materiallari va maishiy kimyo vositalaridan ajraladigan zararli moddalar to'planadi.

Inshootlardagi mikroiqlimni oddiy xona gullari yordamida yaxshilash mumkin. Ma`lum bir o'simlik turlari havo namligini oshirib va ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasini kamaytirib, biofiltr kabi ta`sir ko'rsatadi. Don't Panic nashri havoni tozalashda maxsus qurilmalardan-da samarali 10 o'simlik turi haqidagi ma`lumoti bilan bo'lishdi.

Xlorofitum

Eng oddiy xona o'simliklaridan biri formaldegid, azot birikmalar va benzolni o'ziga tortib oladi. Shuningdek bu o'simlik havoga xavfli mikroflora rivojlanishini oldini oluvchi  moddalarni ajratadi. Fen-shuy ekspertlarining ta`kidlashicha, u yana salbiy energetika bilan ham kurashadi.

Ingliz pechagi

Mog'or qo'ziqorinlar, og'ir metallar tuzlari, toksinlar va formaldegid - ingliz pechagi mana shu barcha zararli moddalar bilan kurashadi. U boshqalardan faolroq karbonat angidrid yutib, kislorod chiqaradi.

Nefrolepis

Lomariopsis oilasi qirqquloqlar turidagi o'simlik nafaqat havoni tozalaydi, balki uni namlantiradi ham. 2-3 nefrolepis o'simligi 20 kvadrat metrgacha bo'lgan maydonga ega  inshoot namligini 75 foizgacha oshira oladi.

Spatifillyum

O'simlik havoni ko'plab zararli organik birikmalardan tozalaydi va mikroorganizmlarni kamaytiradi. Spatifillyum benzol, formaldegid, trixloretilenning tabiiy sorbenti hisoblanadi.

Xitoy aglaonemasi

O'simlik turli toksinlarni, shu jumladan toluol va ksilolni ham tortib olishga qodir. Aglaonemaning qo'shimcha ustunligi shundan iboratki, u mikroblarni o'ldiruvchi moddalarni ajratish xususiyatiga ega.

Tillarang stsindapsus

O'simlik inshootdagi havo sifatini yaxshilaydi. U havoni ayniqsa benzol, formaldegid, toluol va ksiloldan  samarali tozalaydi. Tillarang stsindapsus yorug'likka u qadar muhtoj emas, shu bois u yorug'lik kam tushadigan inshootlar uchun ayni muddao.

Bambukli palma

O'simlikni to'g'ridan-to'g'ri yorug'lik tushish imkoni bo'lmagan inshootlarda ham saqlash mumkin. U shunday sharoitlarda ham havoni zararli moddalardan tozalay oladi. Kompyuter yoniga qo'yilganda esa, elektromagnit nurlanish zararini kamaytiradi.

Kauchuksimon fikus

Havoni yopiq inshootlarda eng ko'p uchrovchi uglerod oksidi, formaldegid, trixloretilen va boshqa zararli moddalardan samarali tozalaydi. Ayurvedada bu o'simlikdan shuningdek inshoot energetikasini yaxshilashda foydalaniladi.

Aloe vera

O'simlik havoni ifloslantiruvchi ko'plab moddalar, shu jumladan formaldegid va benzoldan filtrlay oladi. Bundan tashqari, u havodagi oddiy mikroorganizmlar miqdorini kamaytiradi.

Filodendron

Yarim qorong'u inshootlarga hamda quruq sharoitga chidamli. Filodendronlar havoda katta konsentratsiyada mavjud bo'lgan formaldegid va ksilol bilan kurashda samaralidir.

Яндекс.Метрика