У нас есть только
оригинальные песни

Haydovchilarni ogohlantirish uchun yangi belgi joriy etiladi

calendar 08.01.2016
2453

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan qarorga asosan mamlakatimizda 2016 yilning 1 martdan boshlab bir qator o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari" amalga kiritiladi.

Yangi qoidalarga binoan, haydovchilarni ogohlantirish uchun «Foto va videofiksatsiya» axborot-ishora belgisi ham joriy etildi. 

Sohaga axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etishga alohida e'tibor bilan qarab kelinayapti. Ko'pchilikka ma'lumki, keyingi 5 yillikda DYHXX yo'l patrul xizmati faoliyatida yo'l harakati doirasidagi huquqbuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash amaliyoti keng qo'llanilmoqda. Shu sababli "foto va videofiksatsiya" iborasi yo'l harakati qoidasida o'z aksini topib, ma'muriy hujjatlarda ham qayd etilmoqda.

Avvalroq ushbu yangi tahrirdagi qoidalarga asosan turar joy dahalarida transport harakatini tartibga solib, ko'p qavatli uylar orasida aholi xavfsizligini ta'minlash uchun yuqori tezlikni soatiga 30 kilometr qilib belgilab qo'yilgani, hamda har bir transport vositasida nur qaytaruvchi maxsus nimchalar ham bo'lishi shartligi haqida xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика