У нас есть только
оригинальные песни

"Hayo - Iymondandir"

calendar 10.11.2012
5918



Zamonaviy ayol qanday bo'lishi kerak? Hozir shaharlarimiz ko'chalarida yurar ekansiz aslimizga begona bo'lgan bir holatni ochiq ko'rasiz. Qizlarimiz, singillarimiz va hatto katta opalarimiz ham yarim yalang'och o'z qomatlarini ko'z- ko'z qilib yurishibdi. B u holaridan esa hech tortinishayotgani, iymanishayotgani yo'q. Balki o'zlarini zamonaviy, madaniyatli bilib mag'rurlanishmoqda. Aslida zamonaviylik nima? Zamon - Allohniki. U o'zgarib, boshqa zamon bo'lib qolgani yo'q, o'z holida tiribdi. Lekin insonlar erkaklar va ayollar o'zgaryapti. Eng so'nggi modada kiyinish eng so'nggi qiliqlar bilan hulqlanish ularga zamonaviylik bo'lib ko'rinmoqda. Aslida ularni bu holidan zamonu - zamin ham zor yig'layotgandir. Zamon Alohniki bo'lar ekan, Uning buyruqlarini bajarish, qaytarganlarida qaytish chin ma'nodagi zamonaviylik bo'lmaydimi? Agar zamonaviylik yangilik ma'nosida tushuniladigan bo'lsa, unda shaytonning ketidan yurishlar, o'zgalarga taqlid qilish, ma'siyat botqog'iga botishlar eskirmadimikan? Har qanday yangilik asiralari haqiqiy yangilikka - Allohning diniga, toatiga ham bir bor qiziqib ko'rmaydilarmi? Yangicha fikr yuritib - Alloh ularni nima uchun yaratganini, aql- idrokni nega berganini, yashashdan maqsad nima ekanini yangichasiga ko'rmaydilarmi? Balki ayollarimiz shunda chin ma'noda zamonaviy bo'lib shaytonning sarqit yo'llaridan voz kecharlar, haqiqiy yangilikka - to Qiyomatgacha eskirmaydigan Allohning diniga qaytarlar, hayo, iymon sohibalariga aylanishar. Rasululloh s.a.v.ning:"Hayo - Iymondandir"degan o'gitlarini yodda tutarlar....Bu fikirlarimiz xammaga ozgina bo'lsa xam o'rnak bo'ladi degan umiddamiz!

Яндекс.Метрика