У нас есть только
оригинальные песни

HAYOT - BU MENI TUSHUNA OLMAGAN FALSAFAM......

calendar 21.06.2011
3300
Assalomu alaykum hurmatli saytdoshlar. Topganimizni sizga ilinishda davom etamiz. Bu gal hayot atalmish ulkan sirga tarif berishga hayot nima? degan savolga javob topishga harakat qilamiz...


Hayot bu- Hali hanizgacha hech kim ohiriga tushunib yetmagan. Men tushuna olmagan falsafadur........

Hayot bu- Tagiga yetib bo'lmas, asl mohiyatini o'rganish mumkun bo'lmagan sirdur.........

Hayot bu- Kimningdur uzun yoki qisqa umr yo'lidur. Inson esa shu hayot yo'lini to'g'ri yoki notog'ri yo'lda bosib o'tadi.......

Hayot bu - Har bir insonga berilgan sinovdur. Hayot sinovlaridan kimdur o'tadi, kimdur esa yo'q.......

Hayot bu- Insonlarga ma'lum muddatga belgilab berilgan vaqtdur.......

Hayot bu- O'tkinchi narsa kun kelib hammamiz ham bu hayotni tark etamiz.......

Hayot bu hech kimga vafo qilmas. Ajal kelganga hayot hammamizni uni qo'liga topshiradib o'zi bizni tark etuvchi hiyonatdur......

Hayot bu- Insonlarga Ollohni bergan omonatidur.........

Hayot bu- U dunyo va bu dunyoni oralig'idagi qil misoli ko'prikdur........

Hayot bu- Goxi shodlik, goxo g'amdan iborat kunlar yig'indisidur.

Hayot bu- Insonda bor eng qimmat narsadur.........

Hayot bu- Dardlarga chidashni o'rgatadigan sabrli bardoshdur.......

Hayot bu- Qilgan hatolardan saboq chiqarishni o'rgatuvchi dono muallimdur.....

Hayot bu- Bazida noxaqlik g'olib bo'ladigan naxoqlikdur......

Hayot bu- Qanchalar uzun bo'lmasin aslida eng qisqadek tuyuladigan vaqtdur......

Hayot bu- O'z yo'llarida insonga do'st, yor, hatto dushman topishga ko'maklashadigan hamroxdur.......

Hayot bu- Mehnat qilganlarni sevadigan mehnatsevardur......

Hayot bu- Misoli bekatdur. Hayot atalmish bekatda hammani o'z tashvishi va manzili bor......

Hayot bu- Insonlarga faqat bir marta beriladigan shirin jondur.....

Hayot bu- hayotga teran fikr va nigox bilan qaraganlarga kulib boquvchi ixlosu iymondur......

Hayot bu- Nafas bilan kirib, ruximizdan chiquvchi qondur......

Hayot bu- Ko'z yoshi tomchilariday yillar davomida to'kilib qurib boruvchi nixoldur......

Hayot bu- Insonlarga u dunyoligini yaxshilash uchun beriladigan savobdur.......

Hayot bu- Insonlar bazida bilib tursada baribir hato qiladigan gunoxdur.......

Hayot bu- Misoli kino serialdur. Hayotda har kuni albatta nimadur sodur bo'ladi.......

Hayot bu- kimnidur ko'z yoshi, kimnidur bahtli kulgusidur......

Hayot bu- Eng beshafqat qahri qattiq azobdur......

Hayot bu- Dunyodagi mujassamlangan oftobli mehrdur.......

Hayot bu- Jamiiyki borliqni tiriklik sababidur......

Hayot bu- Ko'zga ko'rinmas,qo'lga ilinmas sehrdur.....

Hayot bu- Insonlarni o'ziga o'rgatib qo'ygan haqiqiy sevgidur. Har bir inson hamma narsadan ko'proq o'z hayotini sevadi. Hayot bu buyuk adabiy sevgidur......

Hayot bu- So'z bilan ifodalash qiyin bo'lgan tarifdur......

Hayot bu- Yashash uchun kurash, kurash uchun yashashdur........

Hayot bu- Qancha o'qisang ham tugamas kitobdur.....

Hayot bu- Yozib ifodalash qiyin bo'lgan izoxdur.....

Hayot bu- Savollarga javob topish qiyin bo'lgan javobdur.......

Hayot bu - Biz insonlar o'rganishimiz kerak bo'lgan ilmdur.......

SIZNINGCHACHI ASLIDA HAYOT BU NIMADUR?.....

miranda_89 (Barno)
Яндекс.Метрика