У нас есть только
оригинальные песни

HAYOT QADRI yohud CHUNKI BU HAYOT!!!!(befarq o'tmang).

calendar 24.05.2011
20793
Hayot nima o'zi bu? kim menga to'liq javob beradi? Kim hayotni asl mohiyatini tushintirib bera oladi? Hayot bu ulkan tagiga yetib bo'lmas bahaybat sirdur. Hayotda qancha yashab hayotni o'rgandim deb o'ylasez shuncha hayotni tushunish qiyin ekanini bilasiz.
Hayot bu insonlarga sinov uchun ma'lum vaqtga belgilab berilgan umrdur. Hayotni har kim o'zicha tasavvur qiladi. Va har bir inson hayot yo'llarini turlicha bosib o'tadi. Kimdur oz muddat yashagan bo'lsa ham odamlarga yaxshilik qilib o'zidan hayotda nimadur qoldiradi va odamlar uni abadiy eslab yurishadi. Yana kimdurlar esa o'z hayotida hech kimga yaxshilik qilmay nom nishonsiz bu hayotdan o'tib ketadi. Bu degani inson hayoti qadri qancha yashagani bilan emas qilgan yaxshi amallari bilan qadrlanadi. Har kimni hayoti o'zi uchun qadrlidur.
Bir kuni DONISHMAND LUQMONU HAKIMDAN SO'RASHIBDI: Siz bunchalik donolikni qayerdan o'rganasiz va kimdan saboq olasiz deb? Shunda LUQMONU HAKIM JAVOB BERIBDI: Men hamma narsani hayotdan o'rganaman chunki hayot o'zi bir hikmatli muallim. Saboqni ham hayotdan olaman chunki hayotda hamma narsa bo'ladi men shularni kuzatib saboq chiqaraman. Men ming yil yashagan bo'lsam ham hayotni to'liq o'rganolmadim chunki hammani hayoti har hil. Ming yil yashagan bo'lsam ham hayotga to'ymagandekman men hali hayotni butunlay tushunolmadim. Bu savolizga hayotni butunlay o'rganib kegin to'lib javob beraman hozir bu savolizga to'liq javob bergani ojizlik qilman.Chunki hayot qanchalik uzun bo'lmasin ko'z yumib ochguncha o'tib ketadi deb javob bergan ekan.
Darhaqiqat odam umri qanchalik uzun bo'lmasin,shunchalik qisqadek. Kechagina endi endi qadam tashlayotgan bola edik. Bugun esa hayotni achchiq chuchigini totgan hayotni tushinishga va hayotda o'z o'rnini topishga urinayotgan odamlarmiz. Ertaga esa afsusku tobora umri payoniga yetadigan qariyalarga aylanamiz bu hayotimizning achchiq haqiqatlari va tabiat qonuni. Tug'ilish,o'lish, topish yo'qatish bu hayotning o'zgarmas haqiqatlari.
Nega hayot bunaqa chigal va murakkab? Kimdur yig'laydi, kimdur kuladi. Kimdur bahtini topadi, kimdur armonlarga ko'miladi ozrulari huddi shisha kabi chil chil sinadi. Kimdur yaxshilik qilsa, kimdur yomonlikni o'ylaydi. Kimdur do'stiga sevgisiga vafo qilsa, yana kimlardur dushmanlik qilib hiyonatni tanlaydi. O hayot nega yo'llaring buncha o'nqir cho'nqir? Nega senga haqiqat kam hayot? Nega sen buncha beshafqatsan hayot? Bu savollarga faqat bitta javob bo'lishi mumkun. Chunki bu hayot,chunki buni taqdir deydilar. Hayotni qanaqaligi esa o'ziz tushunasiz.
Ho'sh hayot mazmunli bo'lishi uchun, hayotda qoqilmaslik uchun, hayotda o'z o'rnimizi topishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Bilasizmi meni hayotimda topgan o'z haqiqatlarim bor. Masalan: men jahlimni sabrim bilan yengaman. Men hayotda yomonliklarni yaxshilik bilan yengaman. Armonlarimni orzularim bilan bezayman. Ertangi kunimga umid qilib o'tgan kunimdan saboq chiqaraman. Eng muhimi bu hayotda faqat yashash uchun yashamiman. Men hayotda hamma narsani yurakdan qilaman. Har bir narsadan yaxshilik ahtaraman hamma narsani yaxshilikka yo'yaman. Bilasizmi yana nima. Bu hayotda erishgan muvofaqqatlaringiz bilan maqtanmang chunki maqtanish har bir esi pastni qo'lidan keladi. Agar maqtanmoqchi bo'lsangiz hayotda qiyinchiliklarni yenga bilishiz bilan maqtaning chunki qiyinchilikni yengish insondan donolikni talab etadi. Hullas bu hayotda topgan oddiy haqiqatlarim shulardan iborat. Eng muhimi bu hayotda yashash uchungina yashamang. Bu hayotda maqsad sari yetmoq, o'zizdan yaxshi nom qoldirish uchun yashang. Sizga bir marta beriladigan hayotiz bekor o'tmasin chunki hayot bu sizni eng qadrli narsangizdur. Hayotdan faqat yaxshilikni ahtaring shunda hayot ham sizga kulib boqadi. Shuni unutmang hayotda hamma narsa bo'ladi va hayotda katta hikmat bor. Sizga berilgan hayotizi ehtiyot qiling chunki siz albatta kimgadur yoki kimlargadur keraksiz.Hurmatli zamondosh sizningcha hayot nima? hayot qadri nima? Va bu hayotda topgan qanaqa haqiqatlariz bor? Qadri baland qadrdonlarim maqola haqida fikr mulohazalarizi izohlarda kutib qolaman hurmat bilan miranda_89.


Chunki bu hayot(she'r).
Boshingga dard kelsa yig'lama kuyib.
Ey do'stkinam dunyodan qoldingmi to'yib.
Goho nohaqlikka chidolmay savollarga ketaman ko'milib.
Chunki bu hayot, chunki taqdir.

Kim aytar o'zi hayot nima?
Kim aytar hayotni asl mahiyoti nima?
Hayot bunchalar beshavqatsan nega?
Chunki bu hayot,chunki bu taqdir.

Nohaqlikkni ko'rib jim turasan.
Men yig'lamasam sen kulib turasan.
Nega insonlarni o'z hukminga solasan?
Chunki bu hayot,chunki bu taqdir.

Hayotda hamma narsa bo'ladi olgin ibrat.
Hayotda bordur ulkan bahaybat hikmat.
Tug'ilish o'lish bu hayotiy haqiqat.
Chunki bu hayot,chunki bu taqdir.

Senga bir bor berilgan hayoting asra.
Sen kimgadur kerak azizsan buni unutma
Besh kunli hayotingni o'zing beza.
Ahir bu hayot, ahir bu taqdir.
Яндекс.Метрика