Hayotingiz uchun muhim bo‘lgan 21 savol

Maktabda o‘qiyotganimizda bizni javoblarimizga qarab baholashadi. Biroq hayotda o‘z-o‘zimizga to‘g‘ri savol bera olishimiz muhimroqdir. Volter ancha vaqt avval «Insonga javobiga emas, bergan savoliga qarab baho ber» deb ta’kidlagan edi.

O‘zingizga ko‘proq savol berishni o‘rganing va natijada hayotingiz qanday o‘zgarishini tomosha qiling. Inson hayotida muhim bo‘lgan 4 ta sohaning 21 ta savoliga e’tiboringizni qaratamiz.

1-soha. Hayotiy garmoniya

Bu yerdagi savollar faqat ijobiy va salbiy javoblarni talab etadi. Savollarga rostgo‘ylik bilan javob bering. Faqat «ha» yoki «yo‘q».

Men baxtlimanmi?

Men minnatdormanmi?

Menga o‘z ishim yoqadimi?

Men o‘zimni yaxshi his qilayapmanmi?

O‘z-o‘zimni tarbiyalashim uchun yetarli vaqtim bormi?

Agar siz bu savollardan birortasiga «yo‘q» deb javob bergan bo‘lsangiz, ehtimol boshqa punktlar ustida ham ishlash kerak bo‘ladi.

2-soha. Ish

Inson har kuni ish uchun ko‘p vaqt sarflaydi. Shu bois o‘z ishidan qoniqish juda muhim sanaladi. Bu oylik maosh, ish joyi va mehnatning boshqa xususiyatlaridan ham muhim.

O‘zingizga doimiy ravishda quyidagi savollarni bering:

Men yangilik ustida ishlayapmanmi? Bu oldinga intilish uchun juda kerakli savol hisoblanadi.

Mening kareram yuqoriga qarab ketmoqdami?

Ishim qanchalik muhim ahamiyatga ega?

Ish qobiliyatimni qanday qilib oshirsam bo‘ladi?

3- soha. Biznes

Agar siz tadbirkor bo‘lsangiz, o‘zingizga quyidagi savollarni bering:

Mijoz va xaridorlar yuzma-yuz keladigan eng muhim muammo nima? Eng asosiylaridan boshlang.

Mijozlar ko‘zi bilan qaraganda, mazkur muammolarning ideal yechimi nimada?

Biz mijozlarga mahsulotlar narxini oshirmay turib ko‘p narsa bera olamizmi? Agar javobingiz «ha» bo‘lsa, albatta shunday qiling.

Potensial mijozlarni qayerdan topsa bo‘ladi?

Xarajatlarni qanday qilib kamaytirish mumkin?

4-soha. Unumdorlik

Shu kunlarda men uchun eng muhimi nima?

Oldinga qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun avvalo nima qilish kerak?

Qanday vazifalarni bajarmasligim kerak? Muhim va kerak bo‘lmagan ishlar uchun vaqtingizni sarflamang.

Qanday vazifalarni bajarishni ortga surayapman?

Qanday savollarni hech qachon o‘zimga bermaganman?

Bir narsaga aslo shubhalanmang: boshqalarga yordam berish orqali hayotingiz mazmunga to‘ladi. Shu bois 21-savol quyidagicha:

Men bugun hech bo‘lmasa bir insonga yordam bera olamanmi?

Gap qahramonlikda emas, balki oddiy narsalardadir. Masalan, ota-onangizga qo‘ng‘iroq qiling, do‘stlaringizdan xabar oling.

Manba: xabar.uz


Комментарии (0) | Добавить: 05.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi