У нас есть только
оригинальные песни

Hayotni uzaytiradigan uyqu davomiyligi ma`lum qilindi

calendar 27.08.2018
1349

Gretsiyalik va ispaniyaliklar olimlarning aniqlashicha, kuniga 6-8 soatlik uyqu yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi va hayotni uzaytiradi. Shu bilan birga, agar odam kuniga olti soatdan kamroq uxlasa yoki kechasi ko'pincha uyg'onsa, unda simptomsiz ateroskleroz ehtimoli oshadi. Bu haqda EurekAlert!’ning matbuot uchun xabarnomalarida aytilgan.

Birinchi ishda mutaxassislar so'nggi besh yil mobaynida 11ta istiqbolli tadqiqotlardan olingan ma`lumotlarni tahlil qildilar. Unda uzoq vaqt davomida ma`lum bir xususiyatlar bilan ajralib turadigan bir necha odam guruhlari bo'lgan. Jami bir milliondan ortiq sog'lom yoshi katta shaxs (1000541 kishi) tekshirildi. Ular uchta shartli guruhga bo'lingan, ulardan biri kuniga olti soatdan kamroq uxlashgan, ikkinchisida - sakkiz soatdan ko'proq, uchinchisi nazorat guruhi bo'lgan (kuniga olti-sakkiz soat uyqu).

Ma`lum bo'lishicha, 9,3 yil davomidagi kuzatuvlarda nazorat guruhi solishtirganda, qolgan bemorlarda yurak ishemiya kasalligi va insult xavfi mos ravishda 11 hamda 33 foizga oshdi.

Yana bir tadqiqotda yetti kun mobaynida uyqu sifatini kuzatadigan qurilmalarni taqib yurgan 3 ming 974 ko'ngilli ishtirok etdi. Tajribada qatnashganlarning o'rtacha yoshi 46 yoshni tashkil etdi. Ma`lum bo'lishicha, kuniga olti soatdan kam uxlaganlar yoki chala uyquda bo'lganlarda ateroskleroz, semizlik va diabet xavfi ham ko'proq bo'lgan.

Яндекс.Метрика