У нас есть только
оригинальные песни

HAYOTNING ACHCHIQ HAQIQATI...

calendar 04.08.2011
4776

Assalomu alaykum rahmatullohu va barakatux hurmatli zamondosh. Avvalam bor kirib kelgan oylarning shoxi sultoni bo'lmish moxi ramazon oyi barchangizga muborak bo'lsin. Tutgan ro'zamizni va ezgu tilaklarimizmi ollohning o'zi ijobat qilsin. Moxi ramozon oyi munosabati bilan qalbingizga biroz bo'lsada iymon nuri olib kirish maqsadida bugun siz bilan bugun jiddiy mavzuda fikrlashamiz. Bugungi mavzuyimiz '' Hayotning achchiq haqiqati'' haqida go'yibona suhbatlashamiz...

Bir kuni sahobalar payg'ambarimiz Muhammad sollollohu alayxi vassallamdan so'rashibdi. Yo rasulullox aytinchi bu dunyoda eng haq va aniq bo'ladigan narsa bu nima? Shunda Payg'ambarimiz shunday javob bergan ekan.
Umr shunday yo'ldurki bir kun albat bitajak.
Kafan shunday matodurki, bu matoni shubxasiz har bir inson kiyajak.
Qabr shunday lahmdurki, har bir inson bir kun qabrga kirajak.
Bu dunyoda inkor etib bo'lmidiga eng haqiqat narsa esa bu o'lim.
Chunki o'lim har bir insonning boshida bor.
Umri tugagan inson esa ,bir soniya ham yasholmaydi bu hayotimizni achchiq haqiqiti deb javob bergan ekan.

Darxaqiqat bu so'zlar meni juda o'ylantirib qo'ydi. Ehtimol bazilar nega bu mavzuni olib chiqdi dersizlar. Negaki ko'pchiligimiz o'lim haqida gapirishni eslashni hohlamimiz, kimdur o'lim haqida gapirsa nafasingni yel olsin qo'y gapirma deb bu mavzudan qochamiz. Lekin afsus o'lim bu haqiqat, haqiqatdan qochib qayoqqa ham borardik. Men o'ylab qoldim biz insonlar shunchalar yolg'onga o'rganib qolibmizki oddiy haqiqat rost bo'lgan narsalarni inkor etamiz. Ex odamzod yolg'ondi bunchalar sevmasang. Payg'ambarimiz biz ummatlariga o'lim haqligini va biz insonlar doim o'limni eslab turishimiz kerakligi buyurgan. Bizchi nima qilyabmiz. U dunyoligimizi unitib qo'yib, butun vujudimiz bilan bu dunyoning tashvishu, mayishatlariga berilib ketib oddiygina hayotning achchiq haqiqatini unitib qo'yyabmiz. Xo'sh o'zi nimaga bizga o'limni eslab turish buyurilgan? Chunki o'limni eslab turgan odam hayotni qadriga ko'proq yetadi va u dunyoligini o'ylagani uchun kamroq gunox qiladi.
Endi eslang yaqinda o'zbekistonimizni ko'p hududlarida kuchli zil zila sodir bo'ldi. Shu zil zila bo'lgan vaqtda biz odamlar qanday holatga tushib qoldik. Umriga bir marta namoz o'qimagan odamlar ham olloxni eslab qolishdi. Tiliga faqat kalima keldi. Afsuski bu zilzilada Farg'onada 13 ta odam hayotdan ko'z yumdi. Uylar vayron bo'ldi.Endi tushunyabsizmi hayot bilan o'lim orasi bir soniya ekanini. Bu zilzilayu tabiiy ofatlar ham bejiz emas bu dunyoda hech narsa bejiz bo'lmaydi. Chunki hech bir gunoximiz jazosiz qolmaydi. Aynan shu zillila orqali odamlar yana bir bor o'lim hayol emas haqiqat ekanini tushunishdi. Yana o'sha zil zilada shuni angladimki biz insonlar qanchalar ojiz ekanmiz. Kimnidur farzandi, kimnidur ukasi yana kimnidur yaqin qarindoshi ko'z o'ngida vafot etdi lekin insondi qo'lidan hech nima kelmadi. Shuning uchun aytsalar ekan umri tugagan inson bir soniya ham yashay olmaydi. Hech kim bilmaydi ertaga nima bo'lishini. Bularni ko'pchiligiz juda yaxshi bilamiz lekin negadur amal qilmaymiz. Mana aslida bu zil zilayu ofatlarga sabab nima bilib turib amal qilmaymiz. Bazi odamlarni ko'rib shu odamni ham yer ko'tarib yuribdiya deymiz, hech kimga ishonch qolmagan. Tan olishimiz kerak zamon judayam og'irlashgan. Bularni hammasiga esa o'zimiz sababchimiz.

Bilasizmi yana bir achinarli holat bor. Inson tirikligida bir marotaba yoqlab,hatto bir bor mehmon qilmaymizda . O'lgandan kegin esa ayuhannos solib dod voy solib yig'laymiz Men buni tushunmayman.
Tirikliga bir bor yo'qlab qilmading mehmon.
Endi yig'lashingdan nima foyda bor nodon.
Keling aziz insonlar bir birimizni tirikligimizda qadrlaylik. Zeroki bir birimizga g'animatmiz. Bu dunyoda besh kunlik mehmonmiz. Bu dunyo hammamizdan qolib ketadi. Va doim hayotning ushbu achchiq haqiqatini unutmang. Dunyoga keldikmi ketishimiz bor ,o'lim hayol emas haqiqat erur. Va ana shu haqiqatga tik qaraylik bu dunyoning hoyu havosiga yolg'onlariga berilib ketmaylik. O'tkanlarni joyi jannatda bo'lsin.
Keling hurmatli zamondosh shu ulug' ayyomda urushganlar yarashaylik, qarindosh urug'lardan hol ahvol so'rab ular ko'nglini olaylik, ota onalarimizni hizmatini qilib oltindan qimmat duosini olaylik. Bemorlar holidan habar olib imkonimiz borligida savob qilib olaylik. Bir birimizi qadrlab kechirayli kechirimli bo'laylik. Shu bilan zora qilgan gunoxlarimiz oz bo'lsada yuvsak. Agar savob qilish kelmasa hech bo'lmasa gunox ishlardan o'zimiz tiyaylik.

Tutgan ro'zalaringiz va ezgu tilaklaringiz ollox qabul qilsin. Qilgan gunoxlarimizni ollohni o'zi kechirsin omin...

Yana bir bor ro'zayi ramazon oyi muborak bo'lsin hurmat bilan miranda_89(Barno)...
Яндекс.Метрика