У нас есть только
оригинальные песни

Hayotning achchiq haqiqatlari...

calendar 11.09.2011
3403

Hayot qiziq, unda yashovchi insonlar esa undanda qiziq. Bir oilada chaqaloq dunyoga keldi... Uyni nurlarga to'ldirdi, ko'z tegmasin ilohim. Xalq orasida hurmati ulug' bo'lsin deb ismini Aziz yoki Aziza qo'yishdi. Aziza kun sayin ulg'ayib, yoqimtoy bir qizaloqqa aylandi. Tetapoya qadamlar tashladi. Uning aytgani aytgan, degani degan. So'ng u ulg'ayib katta qiz bo'ldi. Ota - onasiga aql o'rgata boshladi. Ota onasi xursand: "Qizimiz ulg'ayib qolibdi"... Uni o'sha ilk bor gap qaytargandayoq qaytarishmagan bu tarbiyasizlikdan. Natijada u o'z bilganidan qolmaydigan xudbinga aylana boradi. Ko'cha kuyda sandiroqlab yurishlari ko'payadi. Takasaltang o'rtoqlar orttiradi. Boshi toshga urilgach esa... "Hammasiga onam aybdor, u meni bu ishlardan qaytarmagan" deya ta'na qiladi. Ey banda, axir senga ongni OlloH ne uchun berdi? Ona sen uchun yana ne qilsin? Jonidan uzib jon yaratdi. Bir parcha etligingdan boshlab oq yuvib oq taradi, oq sut berdi. Tunu kun duo qildi. Sening kamolga yetishingda u OlloHdan keyingi sababchi emasmi? So'zlarim noto'g'ri bo'lsa marhamat e'tiroz bildiring.



Mana birgina meni misol qilaylik. Uzoqga bormay, bugun shahar aylangani chiqgan edim, buvimga, ukamga muzqaymoqning sarasidan olibmanu, onamga oddiyginasidan ham olmabmana men nomard. Onam ranjigandek bo'ldi. "Mening otam boshqada" deya oldi faqat sho'rlik onam. Har kuni ranjitaman mutabarimni. Ovozimni balandlatmayman deymanu, ammo til qurg'ur suyaksizda netayin, sayrab yuboraveradi doim. Men sizga bir suhbatimizni aytib beray:
-Qizim, boshim qattiq og'riyapti, iltimos shu musiqangni ovozini pastlatgin!
-Voy dod, bu uyda musiqa ham eshitish mumkin emas, - deya magnitafonni uloqtiraman. Onam sho'rlik yana hech so'z demaydi. Bu hammasi emas yana bir suhbatimizni eshiting:
-Bolajonim, kech tushib qoldi, ukalaring ochiqqandur, kechga ovqatni tayyorlay qolgin!
-Ufff, itga tinim bor, men bechoraga tinim yo'q bu uyda, -deya baqiraman. Aslida o'qishdan qaytgach bir ish qilmasdan yotgan bo'laman. Bu har bir oilada bo'lib turadi deb o'ylaysizmi? Yo'q, bu faqat men kabi xudbin farzandi bor oilalarda bo'ladi.
Bir kursdoshim bor, uylari sal qishloq chetrog'ida joylashgan. Uyiga mehmon bo'lib bordik. Onasi bizga peshvos chiqdi. Yuzlaridan nur balqadi o'zi ham. Unga "Onang juda mehribon ayol ekan" desak, "Hechamde" deydi. Bu so'zidan bir qalqib tushdim.
Aslida men onamni juda juda yaxshi ko'raman. O'zimdan esa nafratlanib ketaman. Onamni tengsiz ekanligini bilaman. Ammo sezdirgim kelmaydi. Qachon sezdirasan deysizmi? Hamma qatori vaqti kelsa. Vaqti qachon bilasizmi? Yaqinlarimiz qabr ichra yotgach. Chunki ular u yerda seni tergamaydi. Kalta yubka kiyma, tor shim sotib olma deyishmaydi, tog'rimi? Inson zoti shunaqa. Bir kun kelib ularni bir bor ko'rishgada intizor bo'lishni o'ylamaymiz hatto! Tirikligida ko'rgani ko'zi bo'lmagan insonlarini olamdan o'tgach yaxshi ko'rib qolishadi. Doim shunaqa, tiriklik vaqti bir bor xabar olmagan insonlarimizni o'lgach ayyu hannos solib yig'laymiz. Bu nima degan gap axir? Shahar chetidagi ammamizdan bir bor xabar olmaymiz. U kishi esa tez tez bizni ko'rgani kelib turadi. Kelgach esa "E, bu xotinning uyida ishi yo'qmikan" deya g'azablanib qo'yamiz. Bir tasovvur qiling kimsasiz uyingizni. Naq vayrona bo'ladiku.

Inson sekinlik bilan yaqinlarini yo'qotib borar ekan. Bu ayriliqlar esa inson psixologiyasiga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi albatta. Qo'rqoq bo'lib qolamiz. Buvimiz qattiqroq yutalsa ham, "Voy o'lmasam,. buvim ham o'lib qolsalar nima qilaman" deya o'ylaymiz va aza bo'layotgan xonadonimiz ko'z oldimizdan o'tadi. "Astog'furullo" deb qo'yamiz ortidan. Menda savollar bisyor, ammo javob yo'q.
1. Inson tug'ilganda hamma shodlikka to'ladi, o'lgach esa tizzalarini urib yig'laydi. Nega o'lganda ham shod bo'lib so'nggi manzilga kuzatishmaydi? Axir jon Tangrining omonatiku, baribir bir kun topshiramiz.
2. Giyohvant va davosiz kasallikka mublato bo'lganlar "Ollohni xoxishi ekan, nima ham qilardik". "Ey Xudo, nega aynan men" deya dod solishadi. Nega aynan sen ekanligingni bilasanmi? Sen OlloH bergan ong atalmish mujizadan oqilona foydalanmagansan. To'g'ri va pok yo'ldan bormagansan. Lekin nega buni o'zlari tushuna olishmaydi axir?
3. Turmushidan ajrashgan ayolga murojat qilsangiz, "Peshonaginam qursin, shunchalik ham taqir bo'ladimi? Shu beburt erga ham uchraymanmi?" deyishadi. Tillarini tiysa hammasi joyiga tushmasmidi? Nega shuni o'ylashmaydi? Ularni hayvondan ajratib turuvchi ongni nega ishga solishmaydi?
4. Nega sevganimiz bizni sevmaydi, sevmaganimiz esa yo'llarimizga intizor?
5. Nega qadrimiz bilganni yoqtirmaymiz, bizda o'zini olib qochganga esa talpinaveramiz? Nega axir?
Shu o'rinda bir gapni aytib o'tishim joiz, hamma nematni borida qadrlaylik. Ota - onamiz bizga g'animat. O'zgalar ham. Ularni boshimiz uzra baland ko'taraylik. Axir ular bebaho...


Bordiyu oshirib yuborgan bo'lsam uzur!

Sirli_qiz
Яндекс.Метрика