У нас есть только
оригинальные песни

HBO telekanali “Taxtlar o‘yini” serialining 8-mavsumi 2019-yilda chiqishini tasdiqladi

calendar 05.01.2018
1147

HBO telekanali “Taxtlar o‘yini” (Game of Thrones) serialining 8-mavsumi 2019-yilda chiqishini rasman e’lon qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Sakkizinchi va yakunlovchi mavsumning oltita qismi 2019-yilda ekranlarga qaytadi”, — deyiladi telekanal xabarida.

HBO ma’lumotlariga ko‘ra, final mavsumining rejissorlari an’anaga ko‘ra Devid Benioff, Den Uayss, Migel Sapochnik va Devid Natterlar bo‘ladi.

Avvalroq, “Taxtlar o‘yini”da Sansa Stark obrazini yaratgan aktrisa Sofi Terner serialning sakkizinchi mavsumi 2019-yilda chiqishini ma’lum qilgan edi.

Serial yettinchi mavsumining so‘nggi qismi 2017-yilning 27-avgustida chiqqan edi. U serial tarixidagi eng ommabop qism bo‘ldi.

Яндекс.Метрика