У нас есть только
оригинальные песни

Hech qachon taslim bo'lmang!

calendar 03.01.2016
3025

“Omad bir necha omadsizlik natijasida keladi, deb hisoblayman. Muvaffaqiyatimizning bir foizi omad, qolgan to'qson to'qqiz foizi esa omadsizlikdir”.

Soitoro Xonda. “Honda” kompaniyasi asoschisi.

Muvaffaqiyatning yagona yo'li — taslim bo'lmaslikdir. Inson omadsizlikka uchradimi, darrov harakatga tushishi va buni maksimal darajada qilishi lozim.

1. Tirik ekansiz, barchasini uddalash mumkin. O'lim — taslim bo'lish uchun yagona bahona bo'la oladi. Tirik ekansiz siz uchun hadsiz-hisobsiz imkoniyatlar omili mavjud. Ulardan foydalanib, maqsadingizga eting.

2. Hayotga real ko'z bilan qarang. Barcha ish ham bir urinishda hal bo'lavermaydi. Buni tushuning. Bu degani qo'lni yuvib qo'ltiqqa artish degani emas. Xatolar, yanglishishlar bo'ladi va ishoning, bularning bari sizning foydangizga. Faqat buni ko'ra biling.

3. Siz o'zingizga baho berganga qaraganda kuchli odamsiz. Ko'zga ko'rinmas mayda muammolar sizni to'xtatib qolmasin. Kerak bo'lsa o'n, yuz va hatto ming martalab omadsizlikka uchragan taqdiringizda ham aslo taslim bo'lmang.

4. O'zingizni doim tergab turing. Mas'uliyatni olishdan sira qo'rqmang. Hammasi yaxshi bo'ladi. Bu qaytanga o'zingizga bo'lgan ishonchning ortishiga sabab bo'ladi. Kamtarlik yaxshi hislat, albatta. Lekin hamma joyda emas.

5. Buni ham inson bolasi qilgan-ku!” Ha, to'g'ri. Shu sabab siz ham uddasidan chiqasiz!

6. Amalga oshira olmasligingizni ta'kidlashsada, baribir orzularingizga ishoning.

7. Yon-atrofdagilaringizga suyaning. Shunda quvvat yanada oshadi. Yarim yo'lda tashlab qo'ymaydigan tanishlarning bo'lishi, faqat muvaffaqiyatga olib boradi.

8. Yodingizdan chiqmasin! Hayotda sizning ahvolingizdan battarroq va sizga havasi keladigan insonlar son minglab topiladi. Millionlab odamlarga qiyin, lekin ular taslim bo'lishmayapti. Ular kurashishda davom etishayapti.

9. O'zingizga to'g'ri baho bering. Siz har qanday baxtga munosib insonsiz!

10. Yaxshilik qilishni o'rganing. Bu bilan o'zingizga ham yordam berasiz.

11. Barcha narsaning o'z vaqti soati bor. Vaqtida Uolt Disneyni bo'sh tayyorlagan maqolasi uchun ishlab turgan gazetasidan haydashgan. Mendeleev kimyo fanidan qoniqarsiz bahoda o'qigan. Shu sabab ko'p siqilmang. Hozircha omadingiz kelmayaptimi, demak omad kelishining o'z vaqti soati bor!

Яндекс.Метрика