У нас есть только
оригинальные песни

«Hech qachon uyushgan jinoyatchilikka aloqador bo'lmaganman» - G'ofur Rahimov bayonot berdi

calendar 02.05.2018
1235

Xalqaro boks assotsiatsiyasi o'z saytida tashkilotning vaqtinchalik prezidenti G'ofur Rahimov rasmiy bayonotini e`lon qildi, deya xabar bermoqda «SPORTINFORM» muxbiri.

Maktubda Rahimov Vashington va Londondagi advokatlariga «Maxsus tayinlangan fuqarolar ro'yxati»dan o'z nomini olib tashlash uchun chet el aktivlarini boshqarish bo'yicha AQSh Ofisiga (OFAC) murojaatnoma yuborishni, ya`ni, G'ofur Rahimovni sanksiyalar ro'yxatidan chiqarib yuborish to'g'risida ko'rsatma bergani ta`kidlanadi:

«Bu janob Rahimovning o'z nomi va obro'sini ommaviy axborot vositalaridagi asossiz ayblovlardan tozalashga qaratilgan g'ayratli qadamlaridan biri. Janob Rahimov o'z bayonotida ommaviy axborot vositalari unda jinoiy uyushmalar bilan aloqalar borligi haqida yozishgan xabarlar asossiz ekanini isbotlaydigan eng yaxshi huquqshunoslarning xizmatlarini saqlab qolganini aytadi». 

Rahimovning advokatlari so'zlariga ko'ra, o'zlarining mijoziga qarshi «o'z vaqtida siyosiy ta`qiblar ham uyushtirilgan».

«Men hech qachon uyushgan jinoiy guruh bilan aloqador bo'lmaganman, hamda men hech qachon hech qanday jinoyatlarda ayblanmaganman. AQSh G'aznachiligining bosimi davom etayotgan bo'lsada, men AIBA boshqaruvi va moliyaviy barqarorligini tiklash bo'yicha sa`y-harakatlarini davom ettiraman. Men boksni yaxshi ko'raman. AIBA har qanday qiyinchiliklarni yengib o'tadi, va menga qarshi asossiz ayblovlarga qaramay, hayotimni sportga bag'ishlashda davom etaman», - deyiladi G'ofur Rahimovning bayonotida. 

Rahimovga «vaqtinchalik» prefiksidan qutilish imkonini beradigan AIBA prezidenti saylovlari joriy yilning noyabr oyida Moskvada o'tkaziladi.

Яндекс.Метрика