У нас есть только
оригинальные песни

Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?

calendar 28.01.2018
1713

Fuqaro hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmiligi, chiqa olsa necha yoshdan chiqishi kerakligini so'rab murojaat qilgan. Adliya vazirligining telegramdagi kanalida (@huquqiyaxborot) bu savolga javob berilgan.

Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to'g'risidagi qonuniga asosan ish stajiga ega bo'lmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emas.

Ularning ijtimoiy ta`minlanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo'lgan ish stajiga ega bo'lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida nizomga asosan  ish stajiga ega bo'lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oila kodeksiga muvofiq ularni ta`minlashga majbur bo'lgan boshqa shaxslar bo'lmagan taqdirda tayinlanadi.

Яндекс.Метрика