У нас есть только
оригинальные песни

Hindiston mobil aloqadan foydalanuvchilar 1 milliarddan ortiq davlatlar qatorida ikkinchi o‘ringa chiqdi

calendar 05.01.2016
900

Hindiston 2015-yilda mobil aloqadan foydalanuvchilar soni bir milliarddan ortiq bo‘lgan mamlakatlar qatorida Xitoydan keyingi ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda Aloqa va kommunikatsiyalar vaziri Ravi Shankar Prasad ma’lumotiga tayanib, “TASS”xabar beradi.

“Hindistonda mobil aloqadan foydalanuvchilar soni oktabr oyidayoq bir milliarddan oshib, 2015-yilning oxiriga kelib, ularning soni 1,1 milliardga yetdi. Natijada mamlakat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘ringa (1,3 milliard) chiqdi. Mamlakat sanoatidagi mazkur yutuq faxr tuyg‘usini uyg‘otadi”, — dedi vazir.

Uning ta’kidlashicha, Hindiston mobil telefonlar bozoridagi bu kabi kuchli o‘sishga mamlakatdagi 12 asosiy operatorning o‘z xarajatlarini keskin qisqartirib, xizmatlar narxini pasaytirishi sabab bo‘lgan. Operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar bugungi kunda dunyo bo‘yicha eng arzonlaridan biri hisoblanadi.

Яндекс.Метрика