У нас есть только
оригинальные песни

Hindiston prezidenti 24-27 may kunlari Xitoyga tashrif uyushtiradi

calendar 18.05.2016
1146

Hindiston prezidenti Pranab Mukerji 24-27 may kunlarida XXR raisi Si Szinpinning taklifiga binoat Xitoyda rasmiy tashrif bilan bo'ladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lu Kan ma'lum qildi.

Hindiston bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Ajdit Doval XXR bosh vaziri Li Ketsyan bilan Pekinda kechgan uchrashuvida oldindagi tashrif "ikki davlat munosabatlaridagi ba'zi jihatlarga oydinlik kiritishi" aytilgandi.

Bu Hindiston prezidenti Mukerjining Xitoyga ilk tashrifi hisoblanadi. Shu yilning 4-5 sentyabr kunlari Xanchjou shahrida G20 uchrashuvi doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xitoyga boradi, 15-16 oktyabr kunlari esa Hindistonning Goa shahrida BRIKS sammiti o'tkaziladi va unda XXR raisi Si Szinpin ishtirok etadi.

Bundan tashqari, 21 iyun kunida Toshkent shahridagi ShHT sammitida Hindiston va Pokistonning tashkilotga qabul qilinishi jarayoni tasdiqlanishi kutilmoqda. ShHT a'zolari ayni vaqtda Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Xitoy va O'zbekiston hisoblanadi. Afg'oniston, Belarus, Eron, Mo'g'uliston, Hindiston va Pokiston esa kuzatuvchi davlatlar maqomida.

Яндекс.Метрика