У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonda 35 ming muxlis Materatstsi jamoasiga qarshi o'yinda Zidan niqobida o'tiradi

calendar 11.11.2016
1143

Hindistonning «Kerala Blasters» jamoasi muxlislari Hindiston superligasi doirasidagi o'yinga Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Zaynidin Zidan yuzi tasvirlangan niqoblar taqqan holda kelishadi.

Ispaniyadagi Marca nashrining yozishicha, «Kerala Blasters»ning 35 ming muxlisi italiyalik sobiq himoyachi Marko Materatstsi boshqaruvidagi «Chenay Titans» jamoasiga qarshi o'yinda Zidan niqoblarida o'tirishga qaror qilishgan.

Nashrning yozishicha, shu tariqa  «Kerala» muxlislari 2006 yilgi jahon chempionati finalida, Italiya va Frantsiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv vaqtida ro'y bergan voqeani yodga olishmoqchi.

O'shanda Zidan Materatstsiga bosh bilan zarba berib, uni qulatgan va qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Bir necha yillar o'tib, Materatstsi o'shanda fransuz futbolchisining jig'iga ataylab tekkanini tan olgandi.

Shu yilning iyulida Marko Materatstsi hodisa tafsilotlarini bayon qildi. Uning tan olishicha, Materatstsi uning singlisi ismini aytib haqoratlaganidan keyin Zidan unga hamla qilgandi.

Яндекс.Метрика