У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonda 500 va 1000 rupiyli kupyuralardan voz kechildi

calendar 09.11.2016
1162

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi fuqarolarga televideniye orqali murojaatida mablag‘dan noqonuniy foydalanish va terrorizmga qarshi kurash maqsadida mamlakatda 500 va 1000 rupiy nominalidagi kupyuralar bekor qilinishini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Mazkur kupyuralar 8-noyabr, yarim tundan so‘ng to‘lov vositasi sifatidagi kuchini yo‘qotdi. 9-noyabr, chorshanba kuni mamlakatdagi barcha banklar yopiladi. Istisno tariqasida kupyuralar bilan 11-noyabrgacha davlat kasalxonalarida hisob-kitob qilsa bo‘ladi. Shuningdek, 500 va 1000 rupiyni banklar yoki pochta bo‘limlarida 30-dekabrgacha almashtirish mumkin.

Modi yaqin orada 500 va 2000 rupiy nominalidagi yangi kupyuralar muomalaga kiritilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 1000 rupiy joriy kurs bo‘yicha taxminan 15 dollarga teng edi.

Яндекс.Метрика