У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonda bitta yuzli Siam egizaklari dunyoga keldi

calendar 27.04.2016
2900

Hindiston sharqidagi Gujarot shtatida bir boshli va bir yuzli Siam egizaklari dunyoga keldi. Chaqaloqlarning har biri alohida yurak, qo‘l va oyoqlarga ega bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Bu haqda, The Daily Mail ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.

Nashrning ma’lum qilishicha, chaqaloqlar tug‘ilgandan keyin olti daqiqagina yashagan.

Egizaklar tug‘ilgan Rajkot shifoxonasining shifokori Kirtan Viyas ular hodisaning qayg‘uli yakuniga tayyor bo‘lganligi va bu haqda bolalarning ota-onasini ogohlantirganligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, bolalar miyasini ajratish bo‘yicha operatsiya hindistonlik shifokorlar tajribasida juda kam uchraydi.

Nashrning ma’lum qilishicha, Siam egizaklarining ota-onasi ularning jasadini tadqiq etish uchun davlat tibbiyot kollejiga berishga qaror qilgan.

Яндекс.Метрика