У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonda ikki hafta mobaynida jazirama tufayli 220 kishi nobud bo‘ldi

calendar 24.04.2016
1059

Oxirgi ikki hafta mobaynida Hindistonda kamida 220 kishi jazirama qurboni bo‘ldi, 330 milliondan ortiq kishi ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekmoqda. Bu haqda 23-aprel, shanba kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

“Eng og‘ir holat ikki hafta ichida kamida 220 kishi nobud bo‘lgan Odishya, Telangana va Andxra-Pradesh shtatlarida kuzatilmoqda. Ichimlik suvi yetishmasligidan 256 ta okrugdagi aholi aziyat chekmoqda. Bu hududlarda 330 milliondan oshiq kishi, ya’ni mamlakat aholisining chorak qismi istiqomat qiladi”, — deb ta’kidlanadi vazirlik bayonotida.

Haddan ortiq issiq harorat Hindistonning aksariyat qismida kuzatilmoqda. Odishyada esa mamlakat bo‘yicha eng yuqori harorat qayd etilgan: oxirgi besh kun ichida mutttasil ko‘tarilib borib, 23-aprel, shanba kuni 47,5 darajani tashkil etgan.

Hindiston metereologiya departamenti bashoratiga ko‘ra, joriy yildagi yoz keyingi 100 yil mobaynidagi eng jaziramalisi bo‘lishi mumkin. Janubda maksimal harorat 48 darajadan oshishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика