У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonda oq yo'lbarschalar park xodimini g'ajib tashladi

calendar 11.10.2017
2339

Hindistonning Bannergxatta milliy bog'ida oq yo'lbarschalar volerni tozalayotgan xodimni g'ajib tashlagan. 

The Times of India xabariga ko'ra, park xodimi va uning yordamchisi yo'lbarslar saqlanayotgan volerni bo'm-bo'sh deb o'ylagan. Biroq, u yerda ona yo'lbars ikkita yo'lbarsvachcha bilan dam olayotgan bo'lgan. 

Xodimlar ovqat qoldiqlarini tozalash uchun maydonchaga kirganida, yo'lbarscha ulardan biriga qarab sakragan va bo'g'zidan tishlab olgan. Shundan so'ng, ikkinchi yo'lbarscha ham unga tashlangan. Boshqa xodim maydonchadan xavfsiz joyga qochib chiqishga muvaffaq bo'lgan.

Yordamga yetib kelgan qo'riqchilar yo'lbarslarni haydab yuborishgan, ammo xodimning hayoti saqlab qolinmagan. Yirtqichlar uning tana qismi ba`zi joylarini yeb qo'yishga ulgurgan.

Bannergxatta milliy bog'i Bangalor shahridan 22 kilometr masofada joylashgan. Unda yo'lbarslar qo'riqxonasi, muzey va kapalaklar bog'i mavjud.

Bengaliya yo'lbarslarining bolalari 2-3 yoshgacha onasi bilan birga yashaydi. Ular 4 yoshga kirganida jinsiy yetiladi.

Яндекс.Метрика