У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketishi natijasida 32 kishi halok bo‘ldi

calendar 21.03.2015
2119
Hindistonda poyezd relsdan chiqishi natijasida 32 kishi halok bo‘ldi, yana 50 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “Kommersant” mahalliy NDTV telekanaliga tayanib. Halokat Uttar-Pradesh shtatidagi Ray-Bareli shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Ekspress Dexradundan Varanasiga yo‘l olgan bo‘lgan. Yo‘lda lokomotiv va ikkita yo‘lovchi vagoni relsdan chiqib ketgan. Telekanal xabariga ko‘ra, fojiaga tormozdagi nosozliklar sabab bo‘lgan. Shtat hukumati har bir qurbonning oilasiga 1,6 ming dollar, jarohatlanganlar oilasiga 800 dollardan tovon to‘lash haqida e’lon qildi.

Теги:

Alex Chance
Яндекс.Метрика