У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonda sigareta qoldiqlaridan o‘g‘it ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

calendar 20.05.2017
1077

Hindistonlik Naman Gupta va Vishala Kaneta CODE deb nomlangan kompaniyalari yordamida shaharlardagi sigareta qoldiqlari bilan  kurashishni boshladi.

Kompaniya chekib bo‘lingan sigaretalarni qismlarga (qog‘oz, filtr va tamaki qoldiqlari) ajratadi, so‘ng hosil bo‘lgan chiqindilardan o‘g‘it tayyorlaydi.

Gupta va Kaneta aholida sigareta qoldiqlarini topshirish uchun iqtisodiy omil bor deb hisoblaydi. Ular har bir kilogramm qoldiq uchun 700 rupiy (10 dollar atrofida) taklif etmoqda.

Qog‘oz va tamaki kompostlash yo‘li bilan ajratiladi, so‘ng hosil bo‘lgan o‘g‘it mahalliy fermerlarga sotiladi. Hindiston standartlar byurosi CODE ishlab chiqarayotgan o‘g‘it xavfsiz ekanligini bildirmoqda.

Sigareta filtrlari qayta ishlangandan so‘ng o‘yinchoqlar, yostiqlar ichini to‘ldirish va o‘rama materiallar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, Hindistonda har yili 100 milliard donadan ortiq sigareta qoldig‘i tashlab yuboriladi.

Яндекс.Метрика