У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonda uch talaba selfi qilish vaqtida poyezd ostida qolib ketdi

calendar 04.10.2017
2724

Hindistonning Karnatake shtatida 3 talaba selfi qilishga urinib, poyezd g'ildiraklari ostida halok bo'ldi. Bu haqda NDTV telekompaniyasi xabar berdi.

Politsiyada ma`lum qilinishicha, ikki yigit jasadi o'rnatilgan, ular Bangalordagi milliy kollejda tahsil olishgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining taxminicha, yigitlar suratga tushishga urinib, poyezdgacha bo'lgan masofani to'g'ri chamalay olishmagan.   

O'tgan haftada ham shu kollejning bir talabasi o'limi bilan yakunlangan voqea sodir bo'lgandi. Halok bo'lgan talabaning do'stlari selfiga tushish vaqtida ortlarida do'stlari cho'kayotganini bilmay qolishgan. Talabaning cho'kkani esa suratlar ko'zdan kechirilganda aniqlangan.

Яндекс.Метрика