У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonlik 3-sinf o‘quvchisi mobil dasturlar ishlab chiqaruvchi kompaniya bosh direktori bo‘ldi

calendar 10.11.2015
1632

Hindistonda tug‘ilgan, lekin hozirda Amerikaning Ostin shahrida yashovchi uchinchi sinf o‘quvchisi Ruben Pol to‘qqiz yoshda ekanligiga qaramasdan, mobil dasturlar ishlab chiqaruvchi shaxsiy kompaniyasini boshqaradi. Shuningdek, konferensiyalarda kiberxavfsizlik mavzusida chiqishlar qiladi.

Otasining so‘zlab berishicha, uning o‘g‘li besh yoshligidan axborot texnologiyalariga qiziqa boshlagan. Shu yoshida u Scratch dasturlash tilini bilgan. Biroz vaqtdan so‘ng, u yana bir nechta dasturlash tilini o‘rganib, o‘zining birinchi mobil dasturi – maktabdagi matematika misollarini yechishda ko‘maklashuvchi dasturni yaratdi.

Bugungi kunda Ruben Pol mobil dasturlar chiqaruvchi Prudent Games kompaniyasining egasi hisoblanadi. U kompaniyaning bosh direktori, otasi esa uning biznes hamkoridir.

Axborot xavfsizligi bo‘yicha konferensiyalardagi chiqishida Ruben "zaif” parollarni va himoyalanmagan tizimlarni buzib ochish qanchalik oson ekanligini ko‘rsatib beradi.

Яндекс.Метрика