У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonlik jarrohlar bemorning oshqozonidan 600 ta mix chiqarib oldi

calendar 31.10.2017
1860

Hindistonlik jarrohlar ruhiy xastalikka chalingan bemorning oshqozonidan 600 dan ortiq mix chiqarib oldi, deb yozadi “TASS”. Noyob operatsiya Kalkuttadagi tibbiyot kollejlaridan birida o‘tkazildi.

Jarroh Siddxarta Bisvas jurnalistlarga aytib berishicha, bemorning oshqozoni shishib ketgan va har biri taxminan 2 sm uzunlikdagi mixlar bilan to‘la bo‘lgan, shu tufayli shifokorlar o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilgan. O‘tkir buyumlarni chiqarib olish uchun ular magnitdan foydalangan. Operatsiya qariyb bir kecha-kunduz davom etgan.

“U aqlan beqaror va har xil narsalarni yutib yuborish odatiga ega. Ammo uning qornidan shuncha mix chiqishini tasavvur ham qilmagandik”, — dedi bemorning qarindoshlaridan biri. Ayni paytda uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Яндекс.Метрика