У нас есть только
оригинальные песни

Hindistonlik kelin-kuyovning to'y sovg'alari orasidan bomba chiqdi

calendar 25.02.2018
1105

Hindistonda yosh juftlikning to'y sovg'alari orasidan bomba chiqdi. NDTV shu haqida xabar berdi. 

Manbada ma`lum qilinishicha, voqea Odisha shtatidagi to'y tantanasidan bir necha kun o'tib sodir bo'lgan. Yangi oila vakillari to'y sovg'alarini ochib ko'rishayotganida kutilmaganda sovg'alarning biri portlab ketdi.

Kuyovning buvisi voqea joyining o'zidayoq halok bo'ldi. Yoshlar shifoxonaga yetkazildi. Biroz vaqt o'tib, kuyovning joni uzildi, kelin esa - shifoxonaning jonlantirish bo'limida qolmoqda.

Politsiya xodimlari kim va nima uchun bombani sovg'alar orasiga joylaganiga aniqlik kiritishga harakat qilishmoqda, shu bilan birga, portlovchi qurilma turini o'rganishmoqda.

 

Яндекс.Метрика