У нас есть только
оригинальные песни

Hojathonada uzoq qolib ketgan qizni politsiya qo'lga oldi

calendar 04.08.2016
3982

Moskva yaqinida o'ziga hos hodisa yuz berdi. Alisa Kosheleva o'zini yomon his qildi va pulli hojathonalardan biriga kirdi. U yarim soatga yaqin hojathonada qolib ketgandan keyin nazoratchi eshikni taqillatib, Alisadan tezroq chiqishini talab qilgan.

Qiz o'zini yomon his qilayotganini aytsa ham, tahdid davom etgan va nazoratchi politsiya chaqirgan. Bu haqda LiFE habar bermoqda.

«Menda spazma bilan bog'liq surunkali kasallik huruj qildi, shu sabab hojathonada 20 daqiqacha qolib ketdim. Hojathona hodimi politsiya chaqirdi»,- deydi Alisa.

Politsiya qizdan nima sababdan bunchalik uzoq qolib ketganini so'ragan va undan shubhalana boshlagan. Ma`lum bo'lishicha, undan narkokur'Yerlikda shubhalanishgan.

Alisani politsiya uchastkasiga olib borishgandan keyin uni shifokorlar tekshirgan va rostdan ham betob ekani aniqlangan. Uch soat mahkamada qolib ketgan Alisaga ikki marta tez yordam tibbiy ko'mak ko'rsatgan. Keyin qizni uyiga qo'yib yuborishgan.

Яндекс.Метрика