У нас есть только
оригинальные песни

Hokimiyatlar boshqaruv strukturasi o‘zgartirildi

calendar 18.01.2017
1789

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 22-dekabridagi qaroriga muvofiq viloyat, shahar va tuman hokimiyatlari strukturasiga hokimning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, shuningdek, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari kiritiladigan bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

14-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev hukumatning kengaytirilgan majlisida hokimiyat strukturasini qayta ko‘rib chiqishda bir qator viloyatlar hokimlarining to‘plagan tajribasi va takliflari inobatga olinganini bildirdi.

Uning qo‘shimcha qilib aytib o‘tishicha, hokimiyatlarda axborot-tahliliy guruhlar mustahkamlandi, chegara tumanlari hokimiyatlarida esa (jami 80 ta) maxsus hokim yordamchisi lavozimi joriy etildi. Qo‘shimcha kadrlar soni 739 kishini tashkil qildi.

Bundan tashqari, yaqinda hokimlar hamda hokimiyatlar ishchilarining mehnat stajiga qarab maoshlarini oshirish qarori qabul qilindi.

Bosh vazirning barcha o‘rinbosarlari, departamentlar, tarmoq boshqaruv organlari rahbarlarining hokimlar hamda ularning tegishli o‘rinboslari bilan yaqin aloqasi va xatti-harakatlarini muvofiqlashtirib borishini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Яндекс.Метрика