У нас есть только
оригинальные песни

HP noutbuklariga yashirincha ko'z tashlashga qarshi ekran o'rnatiladi

calendar 26.08.2016
1269

HP kompaniyasi ZM bilan hamkorlik tufayli EliteBook 840 va EliteBook 1040 noutbuklarini yashirincha qarashga qarshi himoya bilan jihozladi. Sure View tehnologiyasi displeyda sodir bo'layotgan hodisalarni qurilma yon tarafida turgan insonlardan berkitishga imkon beradi.

Ekran yoy bo'yicha 75 daraja atrofida joylashgan insonlarga ko'rinadi. Ijobiy tomoni shundaki, Sure View funktsiyasi orqali noutbuk egasi sharoitga ko'ra  Fn + F2 tugmalari yordamida o'chirish/yoqishi mumkin.

Kompaniya tomonidan qayd etilishicha, fil'trni yoqish orqadan mo'ralayotgan yoki 95 foiz masofa yaqinda o'tirgan kishilar uchun ekran yorug'ligini kamaytiradi. Shu tariqa, noutbuk ekranidagi tasvirlar begonalarga ko'rinmaydi.

Яндекс.Метрика