Huawei 512 gigabayt xotiraga ega smartfon ishlab chiqaradi
Huawei kodli nomi NEO-AL00 bo‘lgan yangi smartfonni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.Ru.
Smartfon Android’da ishlaydi, unda ikkita SIM-karta uchun slot bo‘ladi, tezkor xotira 6 gigabayt.
Uning eng diqqatga sazovor jihati — ichki xotira hajmidir. Noma’lum smartfon 512 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘lishi rejalashtirilmoqda.
Agar u yaqin orada sotuvga chiqarilsa, u holda kompaniya rekord o‘rnatadi. Hozirga qadar hech qaysi kompaniya 256 gigabaytdan katta xotiraga ega bo‘lgan smartfon ishlab chiqarmagan edi, deyiladi xabarda.
Комментарии (0) | Добавить: 22.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
[ Регистрация | Kirish ]