У нас есть только
оригинальные песни

Huquqni muhofaza qilish organlari GM Uzbekistan korxonasida tekshiruv o'tkazmoqda

calendar 06.05.2016
1584

O'zbekiston huquqni muhofaza qilish va soliq organlari GM Uzbekistan —General Motors (25 foiz) va «O'zavtosanoat» (75 foiz) qo'shma korxonasining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini kompleks tekshiruvdan o'tkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabartarqatdi

«Tekshiruv noqonuniy eksport va valyuta qonunchiligining buzilishi kabi faktlar aniqlangach, boshlangan», — deydi agentlik suhbatdoshi. Dastlabki tekshiruv muddati — bir oy bo'lib, bu muddat vaziyatga qarab uzaytirilishi mumkin. 

Bundan oldinroq bir qator manbalarda GM Uzbekistan bosh direktori Tohirjon Jalilov davlatga katta miqdorda iqtisodiy zarar keltirganlikda gumon qilinib lavozimidan ozod qilingani va qo'lga olingani haqida xabarlar tarqalgandi

«O'zavtosanoat» va GM Uzbekistan vakillari, shuningdek bosh prokuratura hamda O'zbekiston IIV hozircha bu vaziyat bo'yicha izoh bermagan.

Shuningdek, «O'zavtosanoat» saytida Jalilov boshqaruv raisi o'rinbosari lavozimida ekani haqidagi ma'lumot olib tashlanmagan.

GM Uzbekistan - qo'shma korxonasi 2008 yilda AQShning General Motors (25 foiz) va O'zbekistonning  «O'zavtosanoat» AJ (75 foiz) tomonidan «O'zDeuAvto» YoAJ o'rnida tashkil qilingan edi. Kompaniya quvvati yiliga 250 ming avtomobil ishlab chiqarishni tashkil qiladi.

Bugungi kunda korxona Nexia, Cobalt, Lacetti, Gentra va Malibu, Matiz hamda Spark rusumlari, yo'ltanlamas rusumidagi Captiva, Orlando miniveni, Damas mikroavtobusi va uning yuk tashishga moslashgan ko'rinishi Labo  kabi avtomobillarni ishlab chiqaradi.

Eksport qilinadigan avtomobillar Ravon brendi ostida sotiladi. Bular asoan Nexia, Cobalt, Matiz va Spark avtomobillaridan iborat.

Яндекс.Метрика