У нас есть только
оригинальные песни

Husan Sharipov va Obid Asomov “Mahallada duv-duv gap” filmining yangi talqinida suratga tushayotgani ma’lum bo‘ldi

calendar 11.10.2016
1617

Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov va O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov bilan birga bir filmda suratga tushayotgani haqida avval xabar berilgan edi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, ikki san’atkor taniqli rejissor Shuhrat Abbosovning yangi loyihasida suratga tushmoqda. Yangi film haqida batafsilroq axborot olish uchun, jurnalist Feruz Muhammad rejissor bilan bog‘landi.

“‘Mahallada duv-duv gap’ filmining zamonaviy talqinini suratga olyapmiz. Yangi film nomi haqida hali bir to‘xtamga kela olganimizcha yo‘q, uni, ehtimol, ‘Ana surprizu, mana surpriz’ deb ham nomlanishimiz mumkin”, — dedi film rejissori.

Shuhrat Abbosovning qayd etishicha, filmda Husan Sharipov va Obid Asomovdan tashqari, aktrisalar Muqaddas Xoliqova, Madina Muxtorova va yana bir qator yosh aktyorlar rol ijro etadi.

Yangi “Mahallada duv-duv gap”ni suratga olish ishlari 10 kun Farg‘onada, 10 kun Qo‘qonda, yana 10 kun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Яндекс.Метрика