У нас есть только
оригинальные песни

Iblis izmidagi oqsoch

calendar 11.12.2017
1783

Bir necha oydan beri Singapurdagi uylardan birida oqsochlik qilayotgan ayol bilan tushunarsiz va dahshatli hodisa yuz berdi. U go'yo butun vujudi bilan yovuz kuchlar ta'siriga berilgan va o'zi ham xuddi zombiga aylanib qolgandek edi. Shu holatda u uydagi kuzatuv kamerasiga yaqin keldi. Uzun qora sochlari yuzlariga tushgan, boshi va tanasi oldinga egilgandi. Vaqti-vaqti bilan qo'rqinchli xonim qo'llarini qaysidir tomonga bigiz qilib, bo'shliq tomonni ko'rsatardi. 
Uy sohibi Nurul Baker uy xizmatkorini yovuz ruhlar egallab olgani va uni halok etishi mumkinligini aytdi. Uning aytishicha, xizmatkor ayol keyingi paytlarda o'zini juda g'alati tuta boshlagan. U juda kamgap, imkoni boricha uydagilar bilan kamroq munosabatda bo'lishga intiladigan va hamisha ish beruvchi oilasini uzoqdan kuzatadigan bo'lib qolgan. Osiyoliklarning shubha-gumonlari shu qadar oshib ketdiki, natijada o'zlari uyda yo'q paytida kuzatuv kamerasi tasvirga olgan videolavhalarni ko'rishga qaror qilishdi. 
Singapurliklar videolavhalardagi uy oqsochi uzun oppoq ko'ylak kiyib olib, bo'm-bo'sh uyda telbalarcha har xil syurrealistik harakatlar qilib yurishini ko'rib, hayratdan lol bo'lib qolishdi. Bakerlar ushbu videotasmani internet to'riga joylashdi, u tarmoq orqali juda tez tarqaldi va minglab foydalanuvchilar e'tiborini tortdi. Ayrimlar ayol iblis ta'siriga tushib qolgan, deb hisoblashsa, boshqalar uni shunchaki ruhiy kasal va shifokor yordamiga muhtoj degan fikrni yozishdi. 
Uchinchi bir toifa insonlar esa xizmatkor ayol Osiyoda hammaga ma'lum bo'lgan tartib, ya'ni o'z xohishi bilan ishdan ketganligi uchun jarima to'lashdan qochib, ish beruvchining o'zi uni ishdan bo'shatishi uchun o'zini ruhiy kasallikka solyapti, deya qayd etishgan. 
Ming afsuski, bu ayolga nima bo'lgani va hozir u qanday ahvolda ekani noma'lum. Lekin mutaxassislar bunday holatni atayin uyushtirishning deyarli imkoni yo'q, buning uchun ulkan iste'dod va muntazam ravishda teatr san'ati mashg'ulotlari kerak, degan fikrda. Xullas, ikki variant qolyapti: oqsoch ayol yo aqldan ozgan, yoki haqiqatdan ham iblis izmida...

Яндекс.Метрика