У нас есть только
оригинальные песни

Ichkilikbozlik sabab aholisi eng ko'p vafot etayotgan davlat ma`lum qilindi

calendar 30.08.2018
1188

Xitoy alkogol iste`moli sabab eng ko'p yuz beradigan o'lim holatlari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichni qayd etgan mamlakatga aylandi. Bu haqda Global Times gazetasi The Lancet tibbiyot jurnalida e`lon qilingan ekspert ma`lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, 2016 yilda Xitoyda spirtli ichimliklar bilan bog'liq muammolar tufayli 59 ming ayol va 650 ming erkak vafot etgan. Reytingda ikkinchi o'rinni 42 ming ayol va 290 ming erkak hayotdan ko'z yumgan Hindiston egalladi. Rossiya uchlikka yakun yasab berdi: bu yerda 43 ming ayol va 180 ming erkak spirtli ichimliklarni iste`mol qilishdan vafot etgan.

Jurnal ma`lumotlariga ko'ra, aholisi soni Rossiyadan qariyb ikki barobar ko'p bo'lgan AQSh reytingda beshinchi o'rinni egallab turibdi - u yerda spirtli ichimliklar tufayli 19 ming ayol va 71 ming erkak vafot etgan.

Яндекс.Метрика