У нас есть только
оригинальные песни

Ignatiy Nesterov oilasida uch qizdan so'ng o'g'il farzand tug'ildi

calendar 19.11.2015
2105

Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov oilasida 18 noyabr kuni o'g'il farzand dunyoga keldi. Bu haqda «Lokomotiv» klubi matbuot xizmati xabar berdi.

«Bugun Ignatiy Nesterov xonadonida uch nafar qizdan keyin o'g'il farzand dunyoga keldi. Tabriklaymiz! Chaqaloqni umri uzoq bo'lsin», — deyiladi klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Qayd etish joiz, Ignatiy Nesterov O'zbekiston milliy terma jamoasining Yamanga qarshi o'yinida zaxirada qoldirilgan edi.

Ma'lumot uchun, u milliy terma jamoa tarkibida 92 marta maydonga tushgan va terma jamoa uchun o'yin o'tkazish ko'rsatkichi bo'yicha Temur Kapadze va Server Jeparovdan so'ng uchinchi o'rinda turadi.

Яндекс.Метрика