Igor Sergeyev «Paxtakor»ga qaytdi


Hujumchi Igor Sergeyev faoliyatini yana «Paxtakor»da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Paxtakor» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Igor Sergeyev qisqa muddatli tanaffusdan so'ng yana o'zi uchun qadrdon klub safiga qaytdi. Bugun u «Paxtakor» bilan 2018 yil oxiriga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. 

Avvalroq, 25 yoshli hujumchi BAAning «Ad-Dafra» tarkibida 10ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urgan edi.

Sergeyev hozirga qadar «Sherlar» bilan uch marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritib, bir marta chempionat to'purariga aylangan. Jami 121ta o'yinda maydonga tushib, 64ta gol urgan.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!