У нас есть только
оригинальные песни

IIV «chilimkash» xodimlarini jazoladi

calendar 04.08.2022
235

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 nafar IIO xodimlarining xizmat xonasida chilim chekib o‘tirgani aks etgan videotasvir tarqaldi.

IIV Matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning mazkur holatga bildirgan munosabatiga ko‘ra, «ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vaqtida va kiyimida bo‘la turib, chilim chekish kabi nomaqbul harakatlari 2017-yilning avgust oyida» sodir bo‘lgan.

Shuningdek, G‘iyosov ushbu holat Toshkent shahridagi metro bekatlarining birida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘z xizmat xonalarida sodir etilganini ma’lum qildi.

«Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, har bir xodimga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo tayinlangan», – deyiladi IIV munosabatida. 

Яндекс.Метрика