У нас есть только
оригинальные песни

IIV shu kunga qadar nechta YPX posti faoliyati tugatilganini ma`lum qildi

calendar 03.01.2018
1081

O'zbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida avtomobil yo'llarida harakatlanish erkinligini cheklayotgan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning hamda ichki va tashqi turizmning rivojiga salbiy ta`sir ko'rsatayotgan muntazam yo'l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatish hamda sonini qisqartirish ta`kidlangan edi.

Respublikaning ba`zi viloyatlari o'rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat fuqarolarga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta`sir qilayotganligi aniq raqamlar bilan ko'rsatib berildi.

O'zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasidan ma`lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo'linmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar tomonidan muntazam yo'l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarining faoliyati o'rganilib, shu kunga qadar avtomobil yo'llarida joylashgan jami 54 ta bunday postlarning faoliyati tugatildi. Shulardan, 21 tasini muntazam yo'l-patrul xizmati maskanlari, 14 tasini blok postlar va 19 tasini to'siq postlari tashkil etgan edi. Qayd etilishicha, qolgan postlarning ham faoliyati tanqidiy qayta ko'rib chiqilmoqda.

Яндекс.Метрика