У нас есть только
оригинальные песни

IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i ishdan ketdi

calendar 10.02.2017
2617

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tgani haqida xabar bergandik. 

Yig'ilishda o'z ish faoliyatida jiddiy xato va nuqsonlarga yo'l qo'ygani uchun Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik Ramziddin G'afforov egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topildi. 

IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i etib kim tayinlangani hozircha noma`lum.

Яндекс.Метрика