Ijodkorlar uchun qalam haqi oshdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi «Madaniyat va san`at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq kitob mualliflariga beriladigan qalam haqi 85 foizga ko'paydi. 

Shu paytga qadar mualliflik haqi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 yanvardagi «Mualliflik haqi va boshqa haq to'lash turlari stavkalarini tasdiqlash to'g'risida»gi qaroriga asosan to'lab kelinar edi. O'zA xabariga ko'ra, prezidentning joriy yil yanvar oyidan kuchga kirgan qarori asosida ijodkorlar mehnati uchun yangi stavkalar belgilandi. 

Bu stavkalar asosida ayniqsa, bolalarga mo'ljallangan asarlar uchun qalam haqi 2,5 barobarga ko'tarildi. Misol uchun, maktabgacha va kichik yoshdagi bolalar uchun nasriy asarga buyurtma bergan nashriyot kitobni 20 ming nusxada chiqaradigan bo'lsa, bir muallif tobog'i uchun 2 million 66 ming 880 so'mdan kam bo'lmagan miqdorda yozuvchiga qalam haqi belgilaydi. 20 ming nusxadan kam bo'lmagan she`riy kitob muallifiga har bir satr uchun 8 ming 610 so'mdan kam bo'lmagan miqdorda qalam haqi to'lanadi. 

Ilgari nashriyotlar tomonidan badiiy asarlar uchun 5 koeffitsiyent ko'rsatkichida mualliflarga qalam haqi hisoblangan bo'lsa, endilikda koeffitsiyent ko'rsatkichi sakkizga oshirildi. Bu badiiy asarlarga qalam haqi berish miqdori ham qariyb 2 barobarga ko'paydi, degani. 

O'zbekiston matbuot va axborot agentligida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Intellektual mulk agentligi, yetakchi nashriyotlar bosh muharrirlari, iqtisodchilar, nashriyot ishlari hisob-kitobini yurituvchi mutaxassislar, shoirlar, yozuvchilar va OAV vakillari ishtirokida o'tgan «Ijodkorlar mehnati qadr topmoqda» mavzusidagi seminarda shular ma`lum qilindi. 

«Tizimimizdagi nashriyotlarda «Nazm bo'stoni», «Nasrimiz javohirlari», «Jahon adabiyotining sara asarlari», «Dunyo xalqlari ertaklari», «Adabiyot xrestomatiyasi», «Bolalar antologiyasi» kabi mavzularda rang-barang kitoblar chop etilmoqda. Agentlik tomonidan e`lon qilingan «Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni», «Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari», «Harbiy-vatanparvarlik» mavzularidagi badiiy asarlarga ijtimoiy buyurtmalar loyihasi asosida yozilayotgan kitoblar uchun mualliflarga qalam haqining ma`lum qismi oldindan to'lab berilmoqda», – deya Matbuot va axborot agentligining iqtisodiy tahlil, prognozlashtirish va moliyalashtirish boshqarmasi boshlig'i Jamshid Mirkomilovning so'zlarini keltirgan O'zA.


Комментарии (0) | Добавить: 25.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi
Amazon narxi ilk marta trillion dollardan oshdi
“Afrosiyob” elektropoyezdi 7-sentabrdan Shahrisabzga qatnovlarni boshlaydi
Butun dunyodagi ko'chmas mulkning umumiy qiymati ma`lum qilindi
Misr prezidenti O'zbekistonga keldi
Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yo'lovchi samolyotda uchib keldi
Censatsiya: «Mangu» – milliy «bitkoin»
Shrink Me – surat sifatini saqlagancha hajmini kichraytirib beruvchi bepul servis!
“Terpila”, sen erkakmassan! – Toshkentda go'dakning hayotini saqlab qolmoqchi bo'lgan erkak shunday rahmat eshitdi
Bolani vaqtida uxlatish uchun charchatish kerak…
Kadastr hujjati yuqolgan bo'lsa nima qilish kerak?