У нас есть только
оригинальные песни

Ijtimoiy tarmoq marketingi sirlari: Tez tarqaluvchi kontentlar qanday bo'ladi?

calendar 03.09.2017
758

Raqamli texnologiyalar olamida o'z o'rniga ega, britaniyalik mashhur tadbirkor Oliver Ayzeks internet tarmog'ida eng taniqli mutaxassislardan biri hisoblanadi. Ayzeks ilk bor keng jamoatchilikka tez tarqaluvchi kontentni yaratish sirlari, nima uchun Youtube'dagi lavhalarni Facebook'ga joylamaslikni va qaysi platforma foydalanuvchi hazilni yaxshi qabul qilishini aytib beradi.

Internetda qanday qilib auditoriyani kengaytirish va ularga ta`sir etish mumkin?

Sotuvchilar bilan to'lib toshgan bozorga kirib kelgan yangi tadbirkor ajralib turishga harakat qilishi va o'zini ko'rsatishi lozim. Oldiga qo'yilgan vazifalarning mohiyatiga tushunib yetmagan kishi maqsaddan uzoqlashaveradi. Sadoqatli va faol auditoriyaga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz, vaqt va idrok sizga hamroh bo'lsin, chunki platformaning algoritmi qanday tuzilganini bilish juda muhim.

Bir vaqtning o'zida hamma platformada ishlash va muvaffaqiyatga erishish ehtimoli juda past. Shuning uchun har birida ketma-ket ishlab ko'rish tavsiya etiladi va so'nggida samaradorlikka qarab, eng qulay platforma tanlanadi. Masalan, hazilga boy lavhalar Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida, musiqali lavhalar esa Youtube'ga xos. Agar sayohat va kiyimlar reklamasi haqida gap ketsa, u holda Instagram'ni tanlang.

Tez tarqaluvchi kontentning 5ta o'ziga xos xususiyati

Sizning mahsulotingiz minglab tovar va takliflar ichida ko'zga yaqqol tashlanishi lozim. Quyida keng auditoriya e`tiborini o'ziga tortadigan foto va lavhalar haqida umumiy bilishingiz kerak bo'lgan xususiyatlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

1. U hayratga soladi. Qanchalik kutilmaganda paydo bo'ladigan hayratni oshirish holati ko'p bo'lsa, kontentni do'stlar bilan ulashish va unga qiziqish bildirish imkoniyati shunchalik oshib boradi.

2. U ilhomlantiradi. Foydalanuvchida ijobiy hissiyotni qo'zg'ab, iliq kayfiyat taqdim etuvchi kontent tarmoqda katta obro'ga erishadi.

3. Ayni vaziyat va yangilik bilan mutanosib. Joriy holat va xabar bilan uyg'unlikda taqdim etilgan kontent foydalanuvchi yodida ko'p vaqtgacha saqlanib qoladi. Bu turdagi raqamli mahsulotga boshqalar tomonidan tez-tez munosabat bildiriladi.

4. U kuchli his-tuyg'ularni uyg'otadi. O'quvchi bilan hissiy aloqani o'rnata oluvchi kontent, nafaqat repost orqali yangi foydalanuvchini chaqiradi, balki sadoqatli foydalanuvchilarning sonini oshiradi.

5. U oddiy va sodda ko'rinadi. Ko'rinishidan tushunarli va o'ziga tortar darajadagi sodda kontent, o'zining tuzilishi kabi juda sodda yo'l bilan o'quvchilarni jalb etadi.

Instagram'da shaxsiy brendingizni qanday rivojlantirish mumkin?

Bugungi kunda uyali aloqa vositasidan foydalanuvchilarning 500 millionga yaqini Instagram ijtimoiy tarmog'idan foydalanadi. Mutaxassisning fikricha, Instagram'dagi foydalanuvchilar Snapchat'ga qaraganda ancha idrokli va sadoqatli hisoblanadi. Agar sizning mahsulot yoki taklif etmoqchi bo'lgan xizmatlaringiz ko'rinishidan maftunkor bo'lsa, hech ikkilanmay Instagram'ni tanlang. Biz kelgusi maqolada Instagram'ning barcha imkoniyatlari va unda tadbirkorlikni yuritish sirlari haqida eksklyuziv ma`lumotlarni taqdim etamiz.

Яндекс.Метрика